"Lokomotiv" o'z maydonidagi oxirgi to'rtta o'yinda 15ta gol urdi

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2017, 16:19
Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Lokomotiv" bu mavsumni ham yuqori kayfiyatda o'tkazmoqda.

"Temiryo'lchilar" 13ta o'yindan so'ng 32 ochko to'plashdi va turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilishmoqda.

Kuni kecha bu jamoa o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa "Loko"ning uydagi g'alabalari soni ettitaga etdi. Bundan tashqari, "Lokomotiv" TTZdagi stadionda ketma-ket to'rtinchi o'yinida gol o'tkazmadi. Va mana shu to'rtta uchrashuvda "Loko" futbolchilari 15ta gol urishning uddasidan chiqishdi.

"Lokomotiv" oxirgi to'rt o'yinida "Obod" (7:0), "Qizilqum" (2:0), "Neftchi" (4:0) va "Dinamo" (2:0) klublarini mag'lub etdi. Mavsum boshidan beri "temiryo'lchilar" uydagi o'yinlarda jami 25ta to'p kiritib, o'z darvozalaridan atigi bitta gol o'tkazib yuborishgan. "Lokomotiv" faqat "Nasaf" bilan kechgan o'yinda gol o'tkazgan.

Shunday qilib, "termiryo'lchilar"ning birinchi davra hisobidan uydagi o'yinlari o'z yakuniga etdi. Jamoa keyingi turni safarda "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia