So’nggi yangiliklar

00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  0 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  11 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  11 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  15 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  17 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  6 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1

"Lokomotiv" o'z maydonida beshinchi marta Saudiya Arabistoni klubiga qarshi Yangiliklar

"Lokomotiv" o'z maydonida beshinchi marta Saudiya Arabistoni klubiga qarshi

Teglar :  OCHL Lokomotiv
Ertaga "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasi 4-turida maydonga tushadi.

Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi bilan kechadigan uchrashuv "Loko" uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadigan bahs soat 18:00da boshlanadi. 

Guruhdagi vaziyat 

Ortda qolgan uch o'yindan so'ng "Lokomotiv" 3 ochko to'plab quyi o'rinda boryapti. Lekin hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. "Temiryo'lchilar" guruh bosqichining keyingi uch o'yinidan ikkitasini o'z uylarida o'tkazishadi va bu o'yinlarda "Loko" g'alabaga erishsa guruhdan chiqish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'ladi. 

Faqat buning uchun ertaga dastlabki qadamni tashlash kerak. "Al Ittihod" o'ziga yarasha kuchli klub, bu jamoa o'z maydonida o'tgan bellashuvda 3:2 hisobida zafar quchdi. "Loko" 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotib vaziyatni o'nglay olgandi, biroq so'nggi daqiqalarda belgilangan penalti biroz qimmatga tushdi. Ammo yuqorida aytib o'tganimizdek, hammasi "Loko"ning o'z qo'lida. Jamoa keyingi bahslarni ijobiy yakunlasa bemalol o'z oldiga qo'ygan ilk vazifani uddalay oladi. 

O'yinoldi tadbirlar 

"Al Ittihod" 19 aprel kuni charter reys bilan yurtimizga etib keldi. Jamoa azolari "Hyatt Regency" mehmonxonasiga joylashishdi. "Al Ittihod" ertasi kuni "Lokomotiv"ga qarashli TTYMI stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Jamoaning bugungi rasmiy mashg'uloti ham shu stadionda bo'lib o'tdi. Buning sababini quyiroqda keltirib o'tamiz. 

Bugun soat 12:00da har ikki jamoa rasmiy vakillari hamda uchrashuvga aloqador masullar ishtirokida ananaviy miting o'tkazildi. Unda ertangi o'yin bilan bog'liq masalalarga oydinlik kiritib olindi. Tabiiyki yig'ilishda muxlislarni eng ko'p qiziqtiradigan savol jamoalarning qaysi libosda to'p tepishi bo'ladi. Ertaga "Lokomotiv" bu mavsum hisobidan birinchi marta qora liboslarda to'p tepadi. Ishqbozlar "temiryo'lchilar"ni asosan qizil va oq formada ko'rib o'rganib qolishgan. Lekin ertaga boshqacha bo'ladi: "Loko" to'liq qora libosda maydonga tushadi.

 

Bugun shuningdek, o'yin oldidan matbuot anjumani ham tashkil qilindi. Dastlab mehvonlar ustozi Xose Luis Sierra, undan keyin esa "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Bunda jamoa etakchilaridan biri Sardor Mirzaev bosh murabbiyga hamrohlik qildi. Matbuot anjumani odatdagidek o'tdi. Har ikki murabbiy o'z qartalarini ochishni istamadi va buni to'g'ri tushunsa bo'ladi. Faqat ikkala mutaxassis ham o'z jamoasi faqat g'alaba uchun to'p tepishini aytib o'tdi. 

O'yin bo'ladigan maydondagi mashg'ulot 

"Lokomotiv" rejaga ko'ra 16:45dan boshlab o'yin bo'ladigan stadionda bir soat mashg'ulot o'tkazishi lozim edi. Biroq kun bo'yi yoqqan yomg'ir tufayli jamoa azolari chigalyozdi mashqlarni ichkarida bajarishdi. Maydonga chiqqach esa futbolchilar asosan to'p bilan muomalada bo'lishdi. SHunday qilib "Lokomotiv" 20 daqiqa ichkarida, 40 daqiqa maydonda shug'ullandi. Bunga sabab maydon holatini ertangi o'yinga yaxshi saqlash edi. 

"Al Ittihod" esa soat 18:00dan boshlab shu stadionda shug'ullanishi lozim edi. Biroq jamoa bosh murabbiyi maydon holatini ko'zdan kechirgach, uchrashuv komissari bilan kelishgan holda futbolchilarini yana TTYMI stadioniga olib borishni maqul ko'rdi. Bunga sabab sifatida chililik murabbiy TTYMI stadioni mehmonxonaga birmuncha yaqin ekanini hamda o'yin bo'ladigan maydonda shug'ullanmasa ham hech narsa qilmasligini malum qildi. SHunday qilib "Al Ittihod"ning bugungi mashg'uloti ham institut maydonida kechdi.

 

Beshinchi o'yinda g'alaba kutamiz 

Ertaga "Lokomotiv" o'z maydonida "Al Ittihod"ga qarshi ikkinchi marta bahs olib boradi. Birinchisi 2016 yil o'tkazilgan bo'lib, 1:1 hisobi qayd etilgandi. O'shanda "temiryo'lchilar" safida Sardor Mirzaev to'p kiritgan. Umuman olganda ertangi bellashuv "Lokomotiv"ning Saudiya Arabistoni klublariga qarshi o'z uyidagi beshinchi bahsi bo'ladi. 

Birinchi bor jamoa 2015 yil "Al Hilol"ga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan. Undan keyin bir yil o'tib "Al Ittihod" bilan 1:1 o'ynagan. Guruhdan chiqqan "Loko" musobaqaning 1/8 finalida "Al Hilol"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. "Temiryo'lchilar" bu uchrashuvni "Bunyodkor" stadionida o'tkazganini muxlislar yaxshi eslaydi. 

2017 yil esa jamoa "Al Taavon" bilan kuch sinashib, gollarga boy o'yinda 4:4 hisobi qayd etilgan. Va mana endi ertaga beshinchi to'qnashuv o'tkaziladi va bu o'yinda "Loko"dan faqat g'alaba kutib qolamiz. To'g'ri, "Al Ittihod" Osiyoda o'ziga yarasha nomdor klub, biroq hozirgi jamoani bemalol mag'lub etsa bo'ladi. Xullas hammasi "Lokomotiv"ning o'z qo'lida. 

O'ylaymizki, ertaga o'yindan keyin TTZ dahasida bayram boshlanib respublikamizning turli joylariga ulanib ketadi. Muxlislar "Loko"ning g'alabasini sog'ingan. Buni jamoa azolari ham juda yaxshi tushunib turishibdi. Ertangi o'yinda muxlislarning daldasi "Lokomotiv"ga kuch bag'ishlaydi. Jamoa "Al Ittihod"dek nomdor klubni mag'lub etish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Ishqibozlarni esa ajoyib futbol spektakliga taklif etib qolamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика