“Lokomotiv”, “Nasaf” va “Buxoro” klubi direktorlari "Everton"da malaka oshirishadi
05 apr 2018 11:48
Yangiliklar


“Lokomotiv”, “Nasaf” va “Buxoro” klubi direktorlari "Everton"da malaka oshirishadi
Ushbu kelishuv asosida, O'zbekiston Futbol Associaciyasi Superligada ishtirok etuvchi klublar direktorlari, shuningdek, Angliyaning “Everton” va “Arsenal” kabi grand klublariga borib, u erda tajriba va malaka oshirishlari lozim edi.
Takidlash lozim, bugun ushbu hamkorlik doirasida ilk kelishuv amalga oshirildi. Unga ko'ra, O'zbekiston Superligasi klublari, jumladan, “Lokomotiv”, “Nasaf” va “Buxoro”klublari direktorlari Angliyaning “Everton” klubida malaka oshirish uchun Angliyaga jo'nab ketishdi. Klublar rahbarlari “Everton”ga tashrifi davomida u erdagi infratuzilma va sharoitlar, futbol sohasida Angliyada qo'llanilayotgan yangi texnologiyalar borasida tajriba to'playdilar.
Malumki, Angliya futbol infratuzilmasi, akademiyalar nufuzi va boshqa bir nechta jihatlar borasida dunyoda etakchilardan hisoblanadi va shu bois klub rahbarlarini u erga jo'natish va tajriba orttirishlari uchun O'FA hamda O'zPFL tomonidan sharoitlar yaratildi. Bu esa, birinchi navbatda Liga saviyasi, futbol infratuzilmasi rivoji uchun yutuqdir.
Takidlash lozim, O'zbekistondagi boshqa klublar vakillarini ham Angliyaga malaka oshirishga jo'natish uchun boshqa kelishuvlar ham amalga oshirilmoqda. SHuningdek, klublar direktorlarini Gollandiyaning “Ayaks” klubiga ham yuborish borasida ayni damda muzokaralar olib borilmoqda. Bu borada, har ikkala mamlakat futbol associyaciyalari bilan hamkorlik kelishuviga erishilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar