So’nggi yangiliklar

20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  11 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  8 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  1 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2

“Lokomotiv” - “Nasaf” uchrashuviga oid faktlar Yangiliklar

“Lokomotiv” - “Nasaf” uchrashuviga oid faktlar

Teglar :  LokomotivNasaf
O'zbekiston Professional Futbol Ligasining 6-turidagi “Lokomotiv” - “Nasaf” bahsi, turning markaziy uchrashuvi sanaladi.


O'zPFL, 6-tur
“Lokomotiv” (Toshkent) - “Nasaf” (Qarshi)
15.04.2017. “Lokomotiv” stadioni. Soat 18:00da
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Abduhamidullo  Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)
Zaxira hakami: Rustam Lutfullin (Toshkent)
Nazoratchi:  Igor Nexochin (Namangan)
O'zPFL vakili: Axrol Inoyatov.

Bu jamoalarning o'rtasidagi bo'lib o'tgan har bir uchrashuv futbol ishqibozlarida katta qiziqish o'yg'otib keladi.

“Lokomotiv” joriy mavsumda ilk mag'lubiyatini “SHo'rtan” jamoasidan qabul qilib oldi. “Nasaf” jamoasi esa o'tgan uchrashuvda “Olmaliq” jamoasiga kichik hisobda mag'lub bo'ldi.

Ushbu jamoalar oliy liga bahslarida 24 marta to'qnash kelishgan. O'tgan uchrashuvlarning 12 tasida jamoamiz g'alaba qozongan. 5 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Qolgan etti uchrashuvda “temiryo'lchilar”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati bo'yicha  ham ustunlik jamoamiz tomonida 34-25.

Bu jamoalar  o'rtasidagi uchrashuvlarda “Nasaf” – “Lokomotiv” 5:1 (2 marta), “Lokomotiv” – “Nasaf” 5:2 ko'rinishidagi eng yirik hisoblar qayd etilgan.

“Lokomotiv” jamoasi o'tgan uchrashuvlar natijalari bo'yicha jami 9 ochko to'plab, turnir jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. “Nasaf” jamoamiz ham 9 ochko to'plagan. Faqat to'plar nisbatiga ko'ra, “Lokomotiv” jamoasidan bir pog'ona pastda bormoqda.

Mazkur jamoalar Toshkentda shu paytgacha 12 marta o'zaro kuch sinashganlar. Hozircha barcha natijalar teng. Bu uchrashuvlarning 4tasida jamoamiz g'alaba qozongan, 4 uchrashuvda “Lokomotiv”ning qo'li baland kelgan, qolgan 4 uchrashuvda durangga imzo chekilgan. Toshkentdagi o'zaro uchrashuvlarda jami darvozalarga 20ta to'p kiritilgan, to'plar nisbati ham teng - 10-10. “Nasaf” so'nggi bor “Lokomotiv”ni Toshkentda 2012 yili kichik 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.

Toshkentda o'zaro o'tkazilgan uchrashuvlar natijalari
2004 yil. Lokomotiv -  Nasaf  2:0
2005 yil. Lokomotiv – Nasaf  1:2
2006 yil. Lokomotiv – Nasaf 0:2
2007 yil. Lokomotiv – Nasaf  0:2
2008 yil. Lokomotiv – Nasaf  0:0
2009 yil. Lokomotiv – Nasaf  0:0
2010 yil. Lokomotiv – Nasaf  0:0
2012 yil. Lokomotiv – Nasaf  0:1
2013 yil. Lokomotiv – Nasaf  2:0
2014 yil. Lokomotiv – Nasaf  1:1
2015 yil. Lokomotiv – Nasaf  1:0
2016 yil. Lokomotiv – Nasaf 3:2

Qiziqarli fakt, hozirgi paytda “temiryo'lchilar” jamoasida to'p tepayotgan SHuhrat Muhammadiev o'tgan yilgi mavsum yakunlangach “Nasaf”dan “Lokomotiv” jamoasiga o'tgan, u ilk marta sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” – “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 15 aprel shanba kuni “Lokomotiv” stadionda soat 18:00da boshlanadi. Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv 14 aprel juma kuni TTYMI stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика