So’nggi yangiliklar

00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  2 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24

“Lokomotiv” - “Nasaf” uchrashuviga oid faktlar Yangiliklar

“Lokomotiv” - “Nasaf” uchrashuviga oid faktlar

Teglar :  NasafLokomotiv
O'zbekiston Professional Futbol Ligasining 6-turidagi “Lokomotiv” - “Nasaf” bahsi, turning markaziy uchrashuvi sanaladi.


O'zPFL, 6-tur
“Lokomotiv” (Toshkent) - “Nasaf” (Qarshi)
15.04.2017. “Lokomotiv” stadioni. Soat 18:00da
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Abduhamidullo  Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)
Zaxira hakami: Rustam Lutfullin (Toshkent)
Nazoratchi:  Igor Nexochin (Namangan)
O'zPFL vakili: Axrol Inoyatov.

Bu jamoalarning o'rtasidagi bo'lib o'tgan har bir uchrashuv futbol ishqibozlarida katta qiziqish o'yg'otib keladi.

“Lokomotiv” joriy mavsumda ilk mag'lubiyatini “SHo'rtan” jamoasidan qabul qilib oldi. “Nasaf” jamoasi esa o'tgan uchrashuvda “Olmaliq” jamoasiga kichik hisobda mag'lub bo'ldi.

Ushbu jamoalar oliy liga bahslarida 24 marta to'qnash kelishgan. O'tgan uchrashuvlarning 12 tasida jamoamiz g'alaba qozongan. 5 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Qolgan etti uchrashuvda “temiryo'lchilar”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati bo'yicha  ham ustunlik jamoamiz tomonida 34-25.

Bu jamoalar  o'rtasidagi uchrashuvlarda “Nasaf” – “Lokomotiv” 5:1 (2 marta), “Lokomotiv” – “Nasaf” 5:2 ko'rinishidagi eng yirik hisoblar qayd etilgan.

“Lokomotiv” jamoasi o'tgan uchrashuvlar natijalari bo'yicha jami 9 ochko to'plab, turnir jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. “Nasaf” jamoamiz ham 9 ochko to'plagan. Faqat to'plar nisbatiga ko'ra, “Lokomotiv” jamoasidan bir pog'ona pastda bormoqda.

Mazkur jamoalar Toshkentda shu paytgacha 12 marta o'zaro kuch sinashganlar. Bu uchrashuvlarning 4tasida jamoamiz g'alaba qozongan, 4 uchrashuvda “Lokomotiv”ning qo'li baland kelgan, qolgan 4 uchrashuvda durangga imzo chekilgan. Toshkentdagi o'zaro uchrashuvlarda jami darvozalarga 20ta to'p kiritilgan, to'plar nisbati teng - 10-10. “Nasaf” so'nggi bor “Lokomotiv”ni Toshkentda 2012 yili kichik 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.



Toshkentda o'zaro o'tkazilgan uchrashuvlar natijalari
2004 yil. Lokomotiv -  Nasaf  2:0
2005 yil. Lokomotiv – Nasaf  1:2
2006 yil. Lokomotiv – Nasaf 0:2
2007 yil. Lokomotiv – Nasaf  0:2
2008 yil. Lokomotiv – Nasaf  0:0
2009 yil. Lokomotiv – Nasaf  0:0
2010 yil. Lokomotiv – Nasaf  0:0
2012 yil. Lokomotiv – Nasaf  0:1
2013 yil. Lokomotiv – Nasaf  2:0
2014 yil. Lokomotiv – Nasaf  1:1
2015 yil. Lokomotiv – Nasaf  1:0
2016 yil. Lokomotiv – Nasaf 3:2

Qiziqarli fakt, hozirgi paytda “temiryo'lchilar” jamoasida to'p tepayotgan SHuhrat Muhammadiev o'tgan yilgi mavsum yakunlangach “Nasaf”dan “Lokomotiv” jamoasiga o'tgan, u ilk marta sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” – “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 15 aprel shanba kuni “Lokomotiv” stadionda soat 18:00da boshlanadi. Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv 14 aprel juma kuni TTYMI stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика