

Mashg'ulot “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tdi. Biroz jarohati borligi sabab Salim Mustafoev va Nemanya Yanichich alohida mashq qilishdi. Boshqa futbolchilar esa umumiy guruh bilan shug'ullanishdi. Mashg'ulotni “Loko” murabbiylari Andrey Miklyaev va Mirko Yyelichich olib bordi. Darvozabonlar murabbiyi Pyotr Gizimchuk esa betob bo'lib qolgani tufayli bugungi mashg'ulotga kela olmadi.
“Navbahor” – “Lokmotiv” bahsi bir kunga keyinga surilgani bois 21 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 14:00da start oladi.





















