"Lokomotiv" matbuot xizmatidan raddiya
16 iyu 2020 19:08
Yangiliklar


"Lokomotiv" matbuot xizmatidan raddiya
Bugun "Lokomotiv"da bosh murabbiy almashgani, Andrey Fyodorov istefoga chiqib, uning o'rnini Aleksandr Xomyakov egallagani borasida mish-mishlar tarqagandi.
Ushbu xabarni aniqlashtirish maqsadida "Lokomotiv" matbuot xizmati bilan bog'landik. Klub rasmiylari esa bizga shunday javobni aytishdi.
- Bu shunchaki mish-mish. "Lokomotiv"da ayni damda bosh murabbiyni almashtirish ishlari muhokama qilinmayapti. Andrey Fyodorov jamoani boshqarishda davom etadi.
Qayd etish kerak, Xomyakovning so'nggi jamoasi "Andijon" bo'lgan va 3-turdan keyin jamoadan istefoga chiqarilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar