"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi beshinchi kun. Trenajyor zaldagi mashg'ulot
07 jan 2020 23:59
Yangiliklar


"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi beshinchi kun. Trenajyor zaldagi mashg'ulot
BAA poytaxti Abu Dabida yig'in o'tkazayotgan "Lokomotiv"ning bugungi mashg'uloti bir mahal bo'ldi.
Ketma-ket uch kun ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazgan "temiryo'lchilar" bugun tushgacha faqat trenajyor zalda shug'ullanishdi.
Futbolchilar ikki guruhga bo'lingan holda yugurish yo'lakchasida 30 daqiqadan yugurishdi. Bunda murabbiylar har bir o'yinchining yurak urishi, pulsi hamda ketkazgan kaloriyasini tekshirgan holda yon daftarga qayd etib borishdi.
Ertadan boshlab mashg'ulotlar yana ikki mahal o'tkaziladi. "Lokomotiv" xorij yig'ini doirasida dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini 11 yanvar kuni SHotlandiyaning "Glazgo Reynjers" klubiga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar