So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Lokomotiv klubi saytidagi dezinformaciya to'g'risida PFL axboroti Yangiliklar

Lokomotiv klubi saytidagi dezinformaciya to'g'risida PFL axboroti

Oliy liganing 28 avgust kuni o'tkazilgan 18-tur uchrashuvlari doirasidagi “Lokomotiv”-“Bunyodkor” uchrashuvidan keyin “Lokomotiv” futbol klubi o'yindagi hakamlik saviyasidan norozi bo'lib, protest yozdi.
Mazkur protest asosida O'zbekiston Futbol Federaciyasining Hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi navbatdan tashqari majlis chaqirdi.

Qo'mitaning kun tartibidan FIFA referisi Valentik Kovalenko, uning yordamchilari Mamur Saidqosimov va Xusniddin SHodmonov boshqargan 18-turning markaziy uchrashuvidan tushgan protestni ko'rib chiqish masalasi o'rin olgan edi.

“Lokomotiv” futbol klubi “Bunyodkor”ga qarshi o'yindagi hakamlikning 12 vaziyatidan norozi bo'lib protest yozadi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasining Hakamlar va inspektorlar qo'mitasining 3 sentyabrdagi majlisining bayonnomasida keltirilishicha, protest yuzasidan qo'mita tarkibidagi ekspertlar komissiyasi uchrashuv yozilgan videotasmalarning barchasini ko'rib chiqqan holda, uchrashuvdagi hakamlar brigadasining qarorlari o'yin natijasiga tasir qilmagan degan xulosaga kelishadi.

Komissiya xulosasi haqidagi bayonnomadan ko'chirma:  “Umumiy olganda hakamlar brigadasi uchrashuvni yaxshi boshqardi, ammo bir qator xatolarga yo'l qo'ydi. Ulardan biri qo'pol xato bo'lib, uchrashuvning 59-daqiqasiga to'g'ri keladi. Ana shu vaziyatda “Lokomotiv” futbolchisi to'pni qo'li bilan o'ynaganligi uchun (“Bunyodkor” foydasiga - matbuot xizmati izohi) “Lokomotiv” darvozasi tomon penalti belgilamaydi. SHuningdek, 8, 46 va 81-daqiqalarda ham mayda xatolarga yo'l qo'yilgan. Qilingan xatolar o'yin natijasiga tasir qilmagan”.

8-daqiqadagi xato, komissiya bayonnomasiga ko'ra, “Bunyodkor” foydasiga bo'lib, bu vaziyatda, “Lokomotiv” futbolchisi (kimligi bayonnomada ko'rsatilmagan - matbuot xizmati izohi) ikki oyoq bilan raqib futbolchisiga tashlanadi, lekin hakam o'yin qoidasi buzilmagan deb hisoblaydi.

46-daqiqada ham bosh hakam nohaq edi, deb hisoblaydi komissiya ekspertlari. Ushbu vaziyatda to'p uchun havodagi kurashdagi futbolchilar to'qnashuvidan keyin, hakam o'yinni to'xtatmaydi, vaholanki, xushtak chalinishi va “bahsli to'p” o'yinga kiritilishi kerak edi.

81-daqiqada hakam yana bir folni etiborsiz qoldiradi. Ushbu vaziyatda “Lokomotiv”ning 77-raqamli futbolchisi Jasur Hasanovning belidan itarib yuborilgan holatda o'yinni to'xtatmaydi.

Demak, 12 vaziyatdan 3 tasida hakam haqiqatan ham xatolikka yo'l qo'ygan, lekin bu o'yin natijasiga tasir qilmagan. Protestdagi qolgan 9 ta vaziyatda esa hakam haq.

“Lokomotiv”-“Bunyodkor” uchrashuvi hakamlar brigadasiga qo'llanilgan chora:

Hakamlar va inspektorlar qo'mitasi tarkibidagi ekspertlar komissiyasi “Lokomotiv” protestidagi vaziyatlarni ko'rib o'tib, yakuniy xulosani qo'mita azolariga taqdim etadi. Qo'mita yig'ilishida O'zbekiston Futbol Federaciyasi Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi boshlig'i Noil Lutfullin mazkur komissiya xulosasiga ilova qilib, Valentik Kovalenkoning hakamlik ishiga nazoratchi G'ayrat Karimov bahoni 1,9 ballga ko'tarib qo'yganligini aytadi. Kovalenkoning bahosi aslida 6,9 ball bo'lib, G'ayrat Karimov 8,5 ball qo'ygan.

Qo'mita azolari “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi”ning 2.3 bo'limi, 1-bandiga asoslanib, “Lokomotiv”-“Bunyodkor” uchrashuvi bosh hakam Valentin Kovalenkoga xayfsan elon qiladi va ushbu o'yindagi xizmat haqqini 25 foizga kamaytirish haqida qaror qabul qiladi.

“Nazoratchilarning tartib-intizom kodeksi”ga asosan, “Lokomotiv”-“Bunyodkor” nazoratchisi G'ayrat Karimov bosh hakam Valentin Kovalenkoga bahoni ko'tarib qo'yganligi uchun uning ham o'yindagi xizmat xaqqi 25 foizga kamaytirildi va keyingi 4 ta tur o'yinlaridan chetlatildi.

“Lokomotiv” klubi saytining dezinformaciyasi:

5-sentyabr kuni O'zbekistondagi barcha futbol saytlarida yolg'on xabar paydo bo'ldi: “O'zbekiston XXIII milliy chempionati 18-tur o'yinlari doirasidagi “Lokomotiv” - “Bunyodkor” (1:2) o'yinida hakamlik qilgan Valentin Kovalenko 4ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi”.

Xabarlar shu xatboshi bilan boshlanadi va manba sifatida barcha nashrlar “Lokomotiv” futbol klubi saytini manba qilib ko'rsatadi. Haqiqatan ham “Lokomotiv” yolg'on xabar tarqatadi. Saytda 3 kun turgan xabarga asosan Valentin Kovalenko 4 ta turga chetlatilgan bo'lib, unga jarima solingan. Bunday emasligi esa yuqorida aytib o'tildi.

Klub futbol jamoatchiligiga yolg'on xabar tarqatishda nima maqsadni ko'zlaganligi nomalum, lekin bunday ishlar jazosiz qolmasligi kerak. Professional Futbol Ligasi rahbariyati tez orada bu ishni ko'rib chiqishni yakunlaydi va “Lokomotiv” klubiga jazo belgilaydi. Bu haqdagi axborot PFL saytida elon qilinadi.

PFL matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика