"Lokomotiv": Kasaev iyul oyida eng yaxshi futbolchi, Vitaliy Denisov to'rtinchi

Narzulla Saydullayev
6 avg 2015, 17:54
Alan Kasaev "Lokomotiv" klub rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovga ko'ra iyul oyida klubning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Kasaev 1195ta, ikkinchi o'rindagi Vedran Chorluka esa 951ta ovoz oldi.

Uchinchi o'rinda hujumchi Petar Shkuletich (885) qayd etildi. To'rtinchi o'rinni 652ta ovoz olgan o'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov band etdi, kuchli beshlikni Aleksandr Kolomeycev (167) yakunlab berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia