“Lokomotiv” ilk xorij yig'inini yakunladi
22 jan 2017 13:03
Yangiliklar
“Lokomotiv” ilk xorij yig'inini yakunladi
8 yanvardan boshlangan yig'in kecha yakuniga etdi va jamoamiz Toshkentga qaytib keldi.
Ikki hafta davom etgan yig'in mobaynida “Temiryo'lchilar” 2 bor sinov-nazorat bahsida maydonga tushishdi. Dastlab Saudiya Arabistonining “Al Qodisiya” klubiga qarshi, so'ngra Rossiyaning “Zenit” jamoasi bilan ham 0:0 hisobida durang o'ynaldi.
SHu o'rinda takidlash joizki, mazkur yig'in davomida tarkibda bir qator o'zgarishlar ham yuz berdi. Misol uchun, ilgari jamoamiz sharafini himoya qilgan futbolchilar – Server Jeparov, Temurxo'ja Abduholiqov va Sanjar SHoahmedovlar boshqa jamoalar safiga yo'l olishgan bo'lsa, yig'inga Kot-d’Ivuarning eng istedodli yosh futbolchilaridan biri deya etirof etilayotgan Junior Axissan Lendri kelib qo'shildi.
SHu tariqa jamoamiz azolariga qisqa tatil berildi va mashg'ulotlar endilikda 25 yanvar sanasidan poytaxtimizda davom ettiriladi. Unda Sadriddin Abdullaev hamda jamoamizning yangi azosi Murod Bobojonov ham ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar