"Lokomotiv" g'alaba qozondi, Denisov barcha gollarga hammualliflik qildi
14 avg 2014 21:33
Yangiliklar
"Lokomotiv" g'alaba qozondi, Denisov barcha gollarga hammualliflik qildi
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi bu turda "Rostov" qarshiligini engishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuvning 5-daqiqasida hamyurtimiz Vitaliy Denisov tomonidan uzatib berilgan pasdan so'ng, Kasaev o'zining aniq harakati bilan darvozani ishg'ol etdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan biroz vaqt o'tgach, yana Vitaliy Denisovning faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni Samedov samarali tarzda yakunladi va oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Ikkinchi bo'limda mehmonlar penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Ushbu imkoniyatdan Poloz unumli foydalana oldi va hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.
Rossiya chempionati, 3-tur.
Lokomotiv – Rostov 2:1
Lokomotiv stadioni.
Gollar: Kasaev (5- assistent Vitaliy Denisov), Samedov (21- assistent Vitaliy Denisov), Poloz (72-penaltidan).
"Lokomotiv" – Gilerme, CHorluka, Denisov, Dyurica, Yanbaev (SHishkin, 19), Tarasov, Tigorev, Samedov, Fernandesh (Peychinovich, 73), Kasaev, N′Doye (Pavlyuchenko, 65).
"Rostov" – Pletikosa, Bashtush, Dyakov, Abazov (Goro, 34), Milich, Kalachev, Gackan, Poloz, Fatullaev (Rebko, 77), Torbinskiy, Buxarov (Dumbiya, 46).
Ogohlantirishlar: Tarasov (45), Pavlyuchenko (88), Goro (90), Rebko (90).
CHetlatishlar: Kalachev (45), CHorluka (70).
Fikrlar