So’nggi yangiliklar

16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  3 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  1 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  7 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  11 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  10 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  49 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8

"Lokomotiv": Futbolchilarimiz uchun Angliyadagi uch oylik malaka oshirish o'z yakuniga etdi Yangiliklar

"Lokomotiv": Futbolchilarimiz uchun Angliyadagi uch oylik malaka oshirish o'z yakuniga etdi

Xabaringiz bor, shu yilning yoz oyida “Lokomotiv” futbol klubi Angliyaning “Flitvud Taun” klubi bilan o'zaro rasmiy hamkorlikni yo'lga qo'ygandi.

Ushbu hamkorlikning maqsadlaridan biri o'zbekistonlik yosh futbolchilarning Angliyada malaka oshirishini ham taminlash ko'zda tutilgandi.

Natijada “Lokomotiv”ning ikki tarbiyalanuvchisi – Rustam Nartajiev va Sergey Proxorov tumanli Albionda uch oylik o'quv-mashg'ulot o'tkazish imkoniga ega bo'lishdi. Futbolchilarimiz sentyabrda Angliyaga yo'l olgandi, mana endi uch oylik muddat o'z yakuniga etib, darvozabon va himoyachimiz Toshkentga qaytib kelishyapti.

“Flitvud Taun” murabbiyi Berri Nikolson qo'l ostida mashg'ulotlarda ishtirok etgan Nartajiev bilan Proxorov “Flitvud” safida o'z debyutlarini nishonlashga muvaffaq bo'lishdi. Ular “Karlayl Yunayted” bilan kechgan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishdi.
“Loko” darvozaboni Rustam Nartajiev Toshkentga qaytish oldidan o'z fikrlarini bildirdi: “Biz uch oy mashg'ulot o'tkazib, ancha tajriba to'pladik. Menga Angliyaning ob-havosi ham, odamlarning futbolga bo'lgan munosabati ham yoqdi. Ayniqsa, mashg'ulotlarni aytmaysizmi. Bu erdagi mashg'ulotlar ancha og'ir, qolaversa o'yinchilar ham tezkor va baquvvat. Kundan kunga o'zimni yaxshi his etib bordim. Eng muhimi esa ingliz tilini o'rganib olganim bo'ldi. Hozir bu tilda erkin gaplasha olaman. Endi Toshkentga, o'z jamoam “Lokomotiv” futbol klubi safiga qaytaman. Keyingi faoliyatim qanday kechishi haqida bir narsa deyishim qiyin, chunki hammasini klubimiz rahbariyati hal qiladi. Agar yana Angliyaga kelish imkoniyati paydo bo'lsa yo'q demasdim”.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика