"Lokomotiv" futbolchilariga "Gentra" avtomobillari kaliti va oltin medallar topshirildi FOTO
31 dek 2018 14:52
Yangiliklar
"Lokomotiv" futbolchilariga "Gentra" avtomobillari kaliti va oltin medallar topshirildi FOTO
Kecha poytaxtimizdagi muhtasham "Osiyo Grand" tantanalar zalida "Lokomotiv"ning chempion bo'lishida o'zlarining munosib hissalarini qo'shgan insonlar ajoyib tarzda taqdirlandi.
Unda o'zbek futbolidagi hurmatli insonlar, "Lokomotiv" futbol klubi futbolchilari va uning yaqinlari, xodimlari va yana ko'plab mehmonlar ishtirok etishdi.
"O'zbekiston temir yo'llari" akciyadorlik jamiyati tomonidan jamoaning 19 nafar futbolchisiga "Gentra" avtomobillari, murabbiylar shtabi azolariga "Gentra", "Cobalt", "Spark" avtomobillari sovg'a qilindi. O'zbekiston futbol federaciyasi I-vice prezidenti Umid Ahmadjonov "Lokomotiv" futbolchilariga O'zbekiston chempionligi kubogini topshirdi.
Fikrlar