“Lokomotiv” futbol maktabi 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalar uchun tanlov elon qiladi
18 mar 2016 17:02
Yangiliklar


“Lokomotiv” futbol maktabi 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalar uchun tanlov elon qiladi
Har bir ota-ona o'z farzandini kichik paytidan boshlab sportga mehr qo'yishini, har tomonlama sog'lom, kuchli, bilimli bo'lishini xohlaydi. Sir emaski, o'zbek halqi bolajon halq, bolajon halqimiz esa millionlar o'yini bo'lmish futbolni sevib tomosha qiladi.
“Lokomotiv” futbol maktabi Prezidentimiz tomonidan 2016 yilning “Sog'lom ona va bola” yili elon qilinishi munosabati bilan 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun tanlov elon qiladi.
Barcha mashg'ulotlar futbol maydoni va usti yopiq zallarda o'tkaziladi. Har bir murabbiy qo'lida 8-12 nafar tarbiyalanuvchi bo'ladi. Yosh futbolchilar Ispaniya, Italiya, Angliya va Germaniya futbol maktablarida keng qo'llaniladigan dasturlar yordamida futbol ko'nikmalaridan boxabar bo'ladilar.
Farzandingiz bizning maktabda futbol qoidalari bilan tanishadi, o'zining etakchilik qobiliyatini yaratish, do'stlari bilan muloqot qilishni o'rganadi. Kuchli, g'alabaga chanqoq holda har doim xush kayfiyatda uyga qaytadi.
Tanlov 1 mayga qadar davom etadi.
Kerakli hujjatlar: tug'ilganlik haqida guvohnoma, 3x4 rasm, tibbiy malumotnoma.
Manzil: Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ-2 dahasi, “Lokomotiv” stadioni.
Murojaat uchun telefon: +99871 2862412
O’xshash yangiliklar

Fikrlar