“Lokomotiv” futbol klubi kiberfutbolchisi Abdusapi Qayumov Halqaro “Super League – 2016” musobaqasi g'olibi
21 sen 2016 12:53
Yangiliklar
“Lokomotiv” futbol klubi kiberfutbolchisi Abdusapi Qayumov Halqaro “Super League – 2016” musobaqasi g'olibi
PCFL (Professional Cyber Football League) ligasiga tayyorgarlik ko'rayotgan “Lokomotiv” futbol klubi sardori, professional kiberfutbolchisi Abdusapi Qayumov “Super League – 2016” musobaqasi g'olibiga aylandi.
Musobaqada MDH va jaxonning eng kuchli kiberfutbolchilari bahs olib borishdi. Abdusapi Qayumovdan tashqari ham ushbu musobaqada Ufenok77 (Robert Faxrutdinov, Rossiya) zynx_xx (Nikita Sirotkin, Rossiya), storm.alibebeto7 (Muhammad Turg'unboev, O'zbekiston) vakillari ishtirok etishdi.
Bir oy qiziqarli va murosasiz kechgan baxslarda finalgacha etib borgan jamoamiz kiberfutbolchisi Abdusapi Qayumov (Abdusapi_Legend_Loko) birinchi o'rinni egalladi. Rus kiberfutbolchilari esa keyingi o'rinlarda Nikita Sirotkin (zynx_xx) ikkinchi bo'lgan bo'lsa, uchinchi o'rin Milan Narin (MilNar30)lar band etishdi.
Abdusapi Qayumov (Abdusapi_Legend_Loko)ni ushbu sovrin bilan tabriklaymiz.
Fikrlar