“Lokomotiv” “Fuladshahr” stadionida rasmiy mashg'ulot o'tkazdi FOTO
19 fev 2018 09:21
Yangiliklar


“Lokomotiv” “Fuladshahr” stadionida rasmiy mashg'ulot o'tkazdi FOTO
19 fevral kuni Toshkentning “Lokomotiv” klubi qita chempionlar ligasi 2-tur o'yinlari doirasida Eronning “Zob Ahan” jamoasi mehmoni bo'ladi.
Kecha “temiryo'lchilar” jamoasi uchrashuv o'tadigan “Fuladshahr” stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'uloti o'tkazishdi. Mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda kechdi. Bir qator eronlik jurnalistlar hamda TV vakillari jamoamiz mashg'ulot jarayonini kuzatib borishdi.
SHuni takidlash joizki, mashg'ulot payti Isfahonda anchagina kuchli shamol esib turdi. Stadion tog'lar bag'rida joylashgani bois bu erda anchagina salqin havo hukmronlik qilmoqda.
Umuman olganda, mashg'ulot ancha ko'tarinki ruhda o'tdi. “Loko” futbolchilari ertangi bahsga yuqori kayfiyatda hozirlik ko'rishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar