So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

“Lokomotiv” Eron jamoalariga qarshi qanday o'ynagan? Yangiliklar

“Lokomotiv” Eron jamoalariga qarshi qanday o'ynagan?

Teglar :  LokomotivEron
So'nggi yillarga kelib o'zbek futbolining etakchilaridan biriga aylangan “Lokomotiv” joriy yilgi mavsumda Osiyo CHempionlar Ligasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan 2 klubimizdan biridir.

"Lokomotiv” 6-mavsumdirki, qitamizning klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqasida ishtirok etib kelmoqda. Dastlabki 2 mavsumda “temiryo'lchilar” saralash bosqichida qatnashishgan bo'lsa, 2015 yildan boshlab “Loko” guruh bosqichidan musobaqaga kirishmoqda.

Bu yil ham “Lokomotiv” mavsumni BAAning “Al Vahda” klubiga qarshi bahs bilan boshladi. 5:0 hisobida g'alabaga erishgan “Loko” shu tariqa CHempionlar Ligasidagi o'zining eng yirik hisobdagi g'alabasini takrorladi. Endi “Lokomotiv”ni Eronning “Zob Ahan” jamoasiga qarshi safarda bo'ladigan uchrashuv kutib turibdi.

SHu o'rinda takidlash joizki, “Lokomotiv” OFK CHempionlar Ligasi doirasida Eron jamoalariga qarshi 6ta bellashuv o'tkazgan. Dastlab 2015 yilgi mavsumda “Fulad” bilan to'qnash kelgan “Lokomotiv” uyda 1:1 hisobida durang o'ynagan. Safarda esa omad raqibga kulib boqqandi va eronliklar 1:0 hisobida zafar quchishgandi.

2016 yilda esa biz bilan bitta guruhdan Eronning “Sepahon” jamoasi o'rin olgandi. O'shanda “Loko” har ikki o'yinda ham (1:0 va 2:0) fors jamoasini mag'lub etishning uddasidan chiqqandi.

O'tgan mavsumda esa “Lokomotiv” “Istiqlol” bilan to'qnash keldi. Toshkentda o'tgan matchda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Eronda esa “Istiqlol”ga omad kulib boqdi va mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishgandi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика