"Lokomotiv" eng yirik g'alaba sohibi
18 avg 2015 08:14
Yangiliklar


"Lokomotiv" eng yirik g'alaba sohibi
Oliy liganing 18-turini yakunlab beruvchi bahsda "Lokomotiv" "So'g'diyona" klubini qabul qilib 7:0 hisobida zafar quchdi.
SHu tariqa, "temiryo'lchilar" 2015 yilgi mavsumda oliy liganing rekordini qayd etishdi. Hozirga qadar hech bir jamoa bu qadar yirik hisobda yutmagan edi. Bungacha eng yirik hisob 5:1 bo'lib turgandi. Bunday natijaga "Metallurg" ("Andijon"ga qarshi o'yinda) va "Lokomotiv" ("Navbahor"ga qarshi o'yinda) erishgandi.
Bundan tashqari 7:0 "Lokomotiv" - "So'g'diyona" o'rtasidagi o'yinlarda qayd etilgan eng yirik hisob sifatida qayd etildi. Bunga qadar "temiryo'lchilar" 2005 yil bu raqibni 5:0 hisobida taslim qilishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar