

Bir necha soatlik parvozdan so'ng jamoa delegaciyasi o'tirgan samolyot Dubay xalqaro aeroportiga borib qo'ndi. Jamoa a'zolari "Jebel Ali" mehmonxonasiga borib joylashishdi. "Lokomotiv" u yerda 21 yanvarga qadar o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi.
Yig'in davomida ikkita o'rtoliq uchrashuvi tashkil qilish ko'zda tutilgan va bu haqda keyinroq to'liq ma'lumot beramiz. Jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyaev xorij yig'iniga 23 futbolchini olib ketishni maqul ko'rdi.
Ular orasida "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan to'rt nafar yangi o'yinchi ham bor: Shuhrat Muhammadiev, Diyor Turopov hamda kot-d'ivuarlik legionerlar Moxamed Kone bilan Gnoxere Krizo.




