So’nggi yangiliklar

15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  3 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  0 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  3 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  7 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  8 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  9 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  14

Lokomotiv - Dinamo: 10 yillik noxush anana buziladimi? Yangiliklar

Lokomotiv - Dinamo: 10 yillik noxush anana buziladimi?

Turning shiddatli o'tishi kutilayotgan o'yini Toshkentda, ikkinchi davrani mag'lubiyat bilan boshlagan ikki jamoa – “Lokomotiv” hamda “Dinamo” o'rtasida o'tishi kutilmoqda.

Samarqand jamoasi 1-davrada amaldagi chempionni mag'lub eta olgandi.

Kim qanday holatda?
Amaldagi chempion sanalmish Samvel Babayan boshchiligidagi “Temiryo'lchilar” 27 ochko bilan 2-o'rinda borayotgan bo'lishsa, Davron Fayziev murabbiyligidagi “Dinamo” 18 ochko jamg'argan holda 8-pog'onadan joy olgan.

“Dinamo”ning so'nggi besh turdagi o'yini:
10-tur. “Dinamo” – “Qizilqum” – 2:2
11-tur. “Qo'qon-1912” – “Dinamo” – 2:2
12-tur. “Dinamo” – “Lokomotiv” – 2:1
13-tur. “Dinamo” – “Bunyodkor” – 1:2
14-tur. “Bunyodkor” – “Dinamo” – 4:2

“Lokomotiv”ning so'nggi besh turdagi o'yini:
10-tur. “Nasaf” – “Lokomotiv” – 0:1
11-tur. “Lokomotiv” – “Surxon” – 5:1
12-tur. “Dinamo” – “Lokomotiv” – 2:1
13-tur. “Lokomotiv” – “So'g'diyona” – 2:0
14-tur. “So'g'diyona” – “Lokomotiv” – 1:0

Eski tanishlar: Anzur Ismoilov va Jamshid Iskanderov
“Lokomotiv” safidagi aksariyat futbolchilar professional faoliyatini aynan “Dinamo”da boshlagan. Jumladan, “Lokomotiv” va terma jamoamiz himoyachisi Anzur Ismoilov 15 yil avval aynan “Dinamo” safidagi o'yinlari bilan tanilgan bo'lsa, yarimhimoyachi Jamshid Iskanderov ham Oliy Ligadagi ilk uchrashuvlarini 2011 yilda aynan “Dinamo” safida o'tkazgan. “Dinamo” safida esa avval “Lokomotiv”da to'p surgan futbolchilar yo'q.

O'zaro o'yinlar: Ustunlik kimda?
“Dinamo” va “Lokomotiv” Oliy Ligada 25 marta to'qnash kelishgan. “Dinamo” 11 ta o'yinda g'olib bo'lgan, 3 ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “Lokomotiv” “Dinamo”ni hozirga qadar 11 marta mag'lub eta olgan. To'plar nisbati “Loko” tomonida - 36:38. O'zaro o'yinlarda “Dinamo” ham, “Lokomotiv” ham 36 ochkodan qo'lga kiritgan.

“Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1 ga teng. “Dinamo”da bu ko'rsatkich yanada kattaroq – 5:0. 2009 yilgi bahsda Azamat Abduraimov boshchiligidagi «Dinamo» Ilhom Yunusov, Devid Oniya, Andrey Akopyanc, Erkin Boydullaev, Bahodir Nasimovlarning Filimonov darvozasiga kiritgan gollari evaziga «Loko»ni 5:0 hisobida mag'lub etishgan.

O'zaro so'nggi uchrashuvlarda Toshkentda qayd etilgan natijalar:

20/06/2017. Lokomotiv – Dinamo - 2:0
26/08/2015. Lokomotiv – Dinamo - 2:1
24/10/2014. Lokomotiv – Dinamo - 1:0
03/05/2013. Lokomotiv – Dinamo - 3:1
03/08/2012. Lokomotiv – Dinamo - 3:1
02/10/2010. Lokomotiv – Dinamo - 2:2
18/08/2009. Lokomotiv – Dinamo - 1:2
17/10/2008. Lokomotiv – Dinamo - 1:2
09/06/2007. Lokomotiv – Dinamo - 1:2

Fakt: 10 yil avval...
«Dinamo» so'nggi marta bundan 10 yil avval – 2009 yilda Sirojiddin Sayfiev va Bahodir Nasimovlarning goli evaziga “Lokomotiv”ni Toshkentda mag'lub eta olgandi. Ko'ramiz, “Dinamo” bu safar 10 yillik noxush ananani buza olarmikan?

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика