"Lokomotiv" "Bunyodkor"ni yirik hisobda mag'lub etdi
13 apr 2015 17:50
Yangiliklar


"Lokomotiv" "Bunyodkor"ni yirik hisobda mag'lub etdi
Lokomotiv (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent) 3:0
13 aprel 2015. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 16:00
Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, D.Karimov.
Nazoratchi: B.Galeev.
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 48, - 1:0 (Ikrom Aliboev). Jasur Hasanov (katta) 55, - 2:0. Ruslan Koryan, 87 - 3:0 (Jasur Hasanov (kichik)
"Lokomotiv": Mamur Ikromov, SHavkat Mullajonov, Sardor Mirzaev, Temurxo'ja Abduxoliqov (Ruslan Koryan, 72), Lutfulla To'raev (Temur Kapadze, 59), Jasur Hasanov (kichik), Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar SHoahmedov, Ikrom Aliboev, Nemanya Yanichich (Salim Mustafoev, 67), Jasur Hasanov (katta).
"Bunyodkor": Akbar To'raev, Akmal SHorahmedov, SHaker Zuagi (Samir Bekrich, 61), Sato Minori, Ivan Miloshevich, Artyom Filiposyan, Doston Hamdamov (Otabek SHukurov, 64), Zabihillo O'rinboev, Sardor Rashidov, Sardor Sobirxo'jaev (Eldor SHomurodov, 55), Akrom Komilov.
Ogohlantirishlar: Sardor Sobirxo'jaev 48, Artyom Filiposyan 51, Eldor SHomurodov 62, Ikrom Aliboev 74, Sato Minori 86,CHetlatish: Eldor SHomurodov 65
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Lokomotiv" o'z uyida "Bunyodkor"ni yirik hisobda mag'lub etdi!
90+2. Rashidovning uzatgan to'piga hech kim eta olmadi...
90+1. Minori jarima to'pi ishlab oldi.
90. Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi
89. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qoldi
87. O'ng qanotdan kichik Jasur Hasanovning to'p uzatishini Miloshevich qaytara olmadi, Ruslan Koryan esa vaziyatdan unumli foydalanib gol urdi - 3:0.
87. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ruslan Koryan! 3:0
86. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Minori Sato
84. "Bunyodkor" muxlislari "Lushan zamena, Lushan zamena" deb hayqirishmoqda...
82. "Bunyodkor" gol urishga urinmoqda, lekin 10 kishi bo'lib buni uddalash qiyin, buni ustiga raqib tezkor qarshi hujumlarga o'tib turibdi
79. Uchrashuv tugashiga tobora oz vaqt qolmoqda
77. Bugun Rashidovning ham qolgan "Bunyodkor" futbolchilarining ham o'yini qovushmayapti...
76. ZARBAAAAAAA! SHoahmedovdan to'pni qabul qilib olgan kichik Jasur Hasanov bir futbolchini aldab darvozaga noaniq zarba berdi
74. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Ikrom Aliboev
72. O'zgarish. "Lokomotiv". Temurxo'ja Abduxoliqov o'rniga Ruslan Koryan tushdi
71. ZARBAAAAAAAAAA! Mirzaevning qanotdan uzatgan to'pini Aliboev darvozaga yo'lladi, to'p kutilmaganda Kapadzega tegib maydonni tark etdi
70. Sardor Mirzaev belgilangan jarima to'pini to'g'ri darvozaga yo'lladi, Akbar To'raev xuddi mashg'ulotlardagidek to'pni ushlab oldi
69. Mamur Ikromov to'pni qaytarishda Zabihillo O'rinboevni poyladi, to'p darvoza yonidan o'tib ketdi
68. Sanjar SHoahmedov darvozabon bilan birga bir vaziyatdan foydalana olmadi, Akbar To'raev to'pni ushlab qoldi
67. O'zgarish. "Lokomotiv". Nemanya Yanichich o'rniga Salim Mustafoev tushdi
66. Oxirgi daqiqalarda "Bunyodkor" 10 kishi bo'lib o'ynaydi
65. QIZIL KARTOCHKA! Eldor SHomurodov! Yanichichga nisbatan qo'pol o'ynagan SHomurodov ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi
64. O'zgarish. "Bunyodkor". Doston Hamdamov o'rniga Otabek SHukurov tushdi
64. "Bunyodkor" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda, ammo zarba yo'q.
62. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Eldor SHomurodov
61. O'zgarish. "Bunyodkor". SHaker Zuagi o'rniga Samir Bekrich tushdi
59. O'zgarish. "Lokomotiv". Lutfulla To'raev o'rniga Temur Kapadze tushdi
57. Xavfli vaziyat! Ikrom Aliboev jarima maydoni ichida ikki raqib orasidan o'tib darvozaga zarba berdi, Akbar To'raevni to'pni qaytardi
55. O'zgarish. "Bunyodkor". Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Eldor SHomurodov tushdi
55. Akmal SHorahmedovning himoyadagi qo'pol xatosidan so'ng katta Jasur Hasanov jarima maydoniga kirib darvozani ishg'ol qildi 2:0
55. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Katta Jasur Hasanov! 2:0
54. Eldor SHomurodov maydonga tushishga tayyor
53. Abduxoliqovning faolligi natijasida "Loko" burchak to'pi ishlab oldi. Akmal SHorahmedov xavfni bartaraf etdi
52. Lutfulla To'raevga shifokorlar yordam ko'rsatishdi. To'raev maydonga qaytdi, hammasi joyida
51. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Artyom Filiposyan
50. Qiziq fakt. "Bunyodkor" bu mavsum oliy ligada birinchi golini bugun o'tkazdi.
49. Vadim Abramov maydon chetiga chiqib o'z shogirdlariga bosiqroq o'ynash kerakligini ko'rsatdi.
48. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Temurxo'ja Abduxoliqov penaltini aniq amalga oshirdi - 1:0.
48. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Sardor Sobirxo'jaev
47. PENALTI! Sardor Sobirxo'jaev o'z jarima maydoni ichida Ikrom Aliboevni yiqitdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Uchrashuvni O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov stadiondan kuzatib bormoqda.
Tanaffus vaqtida "Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini sharaflash marosimi bo'lib o'tdi. Yosh futbolchilar Turkiyadagi xalqaro musobaqada bosh sovrin sohibiga ega bo'lishgandi.
Birinchi bo'lim statistikasi bilan tanishing:
Qoida buzishlar: 4:4
Aniq zarbalar: 1:2
Noaniq zarbalar: 4:2
Burchak to'plari: 5:0
Offsayd: 1:3
45. Birinchi bo'lim yakunlandi
43. "Loko" futbolchilari raqibni o'z jarima maydoni yonida to'p yo'qotishiga erishishmoqchi bo'ldi. Lutfulla To'raev Minorini yiqitishga majbur bo'ldi
42. Sardor Sobirxo'jaev maydon markazidan o'ng qanotdan ochilib borayotgan Rashidovni ajoyib pas bilan taminladi, biroq Jahongir Saidov Rashidov o'yindan tashqari holatda qolib ketgan deb topdi.
41. Sardor SHoahmedov 30 metrlardan zarba berdi, kuchsiz va erlatib berilgan to'pni ushlab olishda Akbar To'raev qiynalgani yo'q
40. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Qanday vaziyat! Sardor Mirzaev o'ngdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Abduxoliqov to'pni qabul qilib darvozaga zarba berdi, biroz noaniq!
37. XAVFLI VAZIYAT! Kichik Jasur Hasanov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Abduxoliqovga borayotgan to'pni Miloshevich qaytardi
34. Temurxo'ja Abduxoliqov burchak to'pini ishladi. Katta Hasanovning jarima maydoniga uzatgan to'pini Zuagi qaytardi.
32. O'ng qanotdan kichik Hasanov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Filiposyan to'pni qaytardi
31. Ikrom Aliboev maydon markazida Sato Minorini yiqitdi
29. Mezbonlardan javob. Hasanovning pasidan so'ng Abduxoliqov jarima maydoni ichida to'pni darvozaga tepmay sherigiga oshirdi, noaniq pas va hujum tugadi
27. ZARBAAAAAAAAAA! Mehmonlarning hujumidan so'ng Rashidov o'tkir burchakdan zarba berdi, to'p to'rga tashqi tomondan tegdi
23. ZARBA! "Bunyodkor"ning xavfli hujumi! Zabihillo O'rinboevning zarbasini Ikromov qaytardi
20. O'yin biroz tinchlangandek, jamoalar asosan maydon markazi uchun kurashishmoqda
16. Doston Hamdamovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi, Mamur Ikromov o'z o'rnida
12. ZARBAAAAAAAAAA! SHoahmedovning pasidan so'ng Ikrom Aliboev jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.
11. Mezbonlar burchak to'piga ega bo'lishdi. Sardor Mirzaevning zarbasi anchagina noaniq ketdi
9. Jamoalar hozircha zerikishga yo'l qo'yishmayapti, to'p bir joyda uzoq qolib ketayotgani yo'q. Ammo darvozaga aniq zarba berilganicha yo'q.
7. ZARBAAAAAAAAA! Lutfulla To'raev jarima maydoni tashqarisidan burama zarba berdi, to'p darvozaning o'ng ustuni yonidan o'tib ketdi.
5.Mezbonlarda jarima to'pi uchun imkoniyat. Islom To'xtaxo'jaevning zarbasi noaniq ketdi.
2. Rashidov jarima to'pini amalga oshirdi, ancha noaniq.
1.O'YIN BOSHLANDI
- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar