"Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvida muxlislar uchun iftorlik tashkil etiladi
16 may 2019 23:11
Yangiliklar


"Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvida muxlislar uchun iftorlik tashkil etiladi
Ertaga, 17 may kuni "Lokomotiv" Superliganing 9-turi doirasida "Bunyodkor" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Har doim yuqori saviyada, keskin va murosasiz o'tib kelgan Toshkent derbisi ertaga 18:45da start oladi. Ramazon oyida barcha muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida ertaga bo'ladigan ajoyib o'yinning tanaffus vaqtida ro'zadorlarga iftorlik tashkil etiladi.
Barcha futbol muxlislarini "Lokomotiv" stadioniga taklif etamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar