"Lokomotiv": "Bunyodkor" bilan o'yin bir kun keyinga surildi
24 mar 2015 10:57
Yangiliklar

"Lokomotiv": "Bunyodkor" bilan o'yin bir kun keyinga surildi
Toshkent, 24 mart - Oliy liganing 4-tur doirasida "Lokomotiv" o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.
Toshkent derbisi maqomini olgan ushbu uchrashuv aslida 12 aprel kuni o'tkazilishi lozim edi, biroq o'yin 13 aprel kuni bo'lib o'tadigan bo'ldi.
Bunga sabab "Bunyodkor" 8 aprel kuni safarda "Laxviya" bilan bellashadi va jamoa ortga biroz kech qaytib kelar ekan. SHu bois "Bunyodkor" "Lokomotiv" bilan bo'ladigan bahsni bir kun keyinga surishni so'rab PFLga murojaat qildi. PFL esa ularning bu talabini qondirdi.
SHunday qilib oliy liganing 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" bahsi 13 aprel kuni o'tkaziladi. Katta ehtimol bilan o'yin TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. Biz bu haqda keyinroq batafsil yana xabar beramiz.

Fikrlar