"Lokomotiv" bugun Bolgariya klubi bilan o'ynaydi
29 jan 2018 13:21
Yangiliklar
"Lokomotiv" bugun Bolgariya klubi bilan o'ynaydi
Yangi mavsum tayyorgarligini Turkiyada davom ettirayotgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi bugun ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Belekda o'tayotgan yig'in doirasidagi dastlabki raqib esa - Bolgariyaning "CHerno more" jamoasi bo'ladi.
Mazkur klub ham hozirda Belekda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etmoqda. "CHerno more" 1945 yilda tashkil etilgan bo'lib, Bolgariya chempionati yuqori divizionining muntazam ishtirokchisi sanaladi. "Dengizchilar" jamoasi deya etirof etiluvchi mazkur jamoa asosan ko'k va yashil yo'l-yo'l liboslarda maydonga tushadi. "CHerno more" jamoasi Bolgariya chempionatida ayni paytda 7-pog'onada bormoqda.
Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30da start oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar