"Lokomotiv" bu yil Superligada 11ta gol urgan futbolchiga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2018, 14:04
O'zbekiston chempioni o'z safini kuchaytirmoqchi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Toshkentning "Lokomotiv" klubi yakunlangan mavsumda AGMK sharafini himoya qilgan Yovan Jokichni o'z safida ko'rmoqchi.

Serbiyalik yarim himoyachi 2018 yilgi Superligada 31ta o'yinda maydonga tushib 11ta gol urishning uddasidan chiqdi. Besh marta hakamlar tomonidan ogohlantirildi.

Eslatib o'tamiz, bir yil oldin "Lokomotiv" AGMK yarim himoyachisi Igor Yelichni o'z tarkibiga qo'shib olgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia