"Lokomotiv" bu mavsum oliy ligada birinchi marta 4ta gol urdi

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2015, 13:00
Toshkentning "Lokomotiv" klubi key oliy liganing 13-turida "Sho'rtan" mehmoni bo'lib 4:0 hisobida zafar quchdi.
Vadim Abramov shogirdlari bu mavsum oliy ligada birinchi bor raqib darvozasiga 4ta gol urdi. "Temiryo'lchilar" hozirga qadar 3 marta bitta o'yinda 3tadan gol urishgandi.

Ma'lumot uchun, "Lokomotiv" bu yil O'zbekiston Superkubogi uchun o'yinda "Paxtakor"ga qarshi o'yinda 4:0 va OCHL doirasidagi "Al Sadd" bilan bahsda 5:0 hisoblarida zafar quchgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia