So’nggi yangiliklar

10:23Кевин Де Брюйнега асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:48«Барселона» «Байер» етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 09:40Рубен Аморим кечаги йирик ғалабадан сўнг нималар деди?  3 09:14Ҳусановнинг агенти «Барселона»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  9 08:50«Ал Ҳилол» мураббийи истеъфога чиқарилди  2 08:24Эрон чемпионати. Яхшибоев ва Юсупов жамоалари дуранг ўйнади  0 07:50Суперлига. Бугун 8-турга старт берилади  4 06:40Конференциялар лигаси. "Челси" сафарда "Юргорден" дарвозасига 4 та гол урди, "Бетис" эса "Фиорентина"ни мағлуб этди  3 06:30Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Атлетик" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Тоттенхем" эса "Буде-Глимт"ни мағлуб этди  34 02:10Конференциялар лигаси. "Челси" финал масаласини деярли ҳал қилди, "Бетис" "Фиорентина"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  3 02:03Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда йирик ғалабага эришди, "Тоттенхэм" ҳам учта гол билан зафар қучди  4 01:50АПЛ. ЕЧЛ учун курашаётган "Ноттингем Форест" ўз уйида мағлубиятга учради  5 01:11Холанд қайтди  1 00:15Ана холос! "Интер"нинг энг муҳим футболчиси "Барселона"га қарши ўйнамайди  20 23:44"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради  3

"Lokomotiv" bor etiborini "Al Ittihod" bilan o'yinga qaratadi Yangiliklar

"Lokomotiv" bor etiborini "Al Ittihod" bilan o'yinga qaratadi

Superligada ketma-ket g'alabaga erishayotgan "Lokomotiv" bugundan boshlab bor etiborini 22 aprel kuni bo'lib o'tadigan juda muhim o'yinga qaratadi.

SHu kuni "Lokomotiv" o'z maydonida Osiyo chempionlar ligasi 4-tur doirasida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini qabul qiladi. Ortda qolgan uchta o'yindan so'ng guruh jadvalining quyi qismida borayotgan "Lokomotiv" keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolishi uchun navbatdagi bellashuvda g'alaba qozonishi shart. 

SHundagina jamoa hisobidagi ochkolar soni 6taga etadi va guruhdan chiqish imkoniyati paydo bo'ladi. Raqib o'ziga yarasha jiddiy klub: "Al Ittihod" bu yilgi Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchilari orasida eng ko'p gol urgan jamoa bo'lib turibdi. Jiddaliklar uchta o'yinda 9ta to'p kiritishgan. 

Lekin "Lokomotiv" ham o'ziga yarasha kuchga ega va "temiryo'lchilar" o'z uylarida faqat g'alaba uchun harakat qilishadi. "Al Ittihod" bugun kechki payt charter reys orqali Toshkentga etib keladi va "Hyatt Regency" mehmonxonasiga joylashadi. Jamoa ertaga TTYMI stadionida va o'yindan bir kun oldin "Lokomotiv" stadionida mashg'ulot o'tkazadi.

 

"Al Ittihod" 

"Al Ittihod" 9 aprel kuni "Lokomotiv" bilan kuch sinashgach, shundan so'ng Saudiya Arabistoni Proligasida ikkita o'yin o'tkazdi. Bu jamoa dastlab 13 aprel kuni safarda "Al Nasr" mehmoni bo'lib, 3:2 hisobida zafar quchdi. Mazkur bahsda serbiyalik legioner Aleksandr Priyovichning ikkita va mahalliy hujumchi Fahad Al Muvalladning bitta goli "Al Ittihod"ga g'alaba keltirdi. Lekin shuni aytish kerak, Aleksandr Priyovich OCHL o'yinlariga zayavka qilinmagan.

 

Jidda klubi kecha o'z maydonida "Al Ittifoq" bilan bellashib 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu uchrashuvda Abdulaziz Al Bishining ikkita goli jamoaga uch ochkoni taqdim etdi. Yana bir malumot, bu o'yinda "Al Ittihod"ning asosiy futbolchilaridan biri Karlos Vilyanueva 68-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmadi. "Al Ittihod" Saudiya Arabistoni chempionatida 28ta o'yindan so'ng 31 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi. 

"Lokomotiv" 

"Lokomotiv" ham Saudiya Arabistonidan qaytib kelgach Superliganing ikkita uchrashuvida maydonga tushdi. "Temiryo'lchilar" dastlab 14 aprel kuni TTYMI stadionida AGMKga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida zafar quchishdi. Bu o'yinda Temurxo'ja Abduxoliqov bilan Islom To'xtaxo'jaevning gollari g'alaba keltirdi.

 

Kecha esa jamoa Buxoroda 5-tur uchrashuvini o'tkazdi. "Buxoro" jamoasi bilan kechgan bahsda "Loko" 2:0 hisobida zafar quchib qaytdi. Avvaliga 15-daqiqada Arslonmurod Amanov jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib hisobni ochgan bo'lsa, 29-daqiqaga kelib Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni 2:0ga etkazdi. SHundan so'ng "Loko" o'yinning qolgan qismini bir tekis o'tkazdi va raqibga gol urish imkonini bermadi. Superligada hozircha 5ta o'yin o'tkazgan "Lokomotiv" 12 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda boryapti. 

Uchrashuv rasmiylari 

SHu o'rinda uchrashuv rasmiylarini keltirib o'tsak. 22 aprel kuni bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" - "Al Ittihod" bahsini xitoylik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - Fu Ming. Unga qanotlarda Xuo Veyming bilan Vang Deksin yordam berishadi. Janubiy Koreyalik Kim De Yong zaxira hakami vazifasini bajaradi. Hakamlar nazoratchisi - Jasim Mohamed Abdulkarim (Bahrayn). Uchrashuv komissari esa filippinlik Richard Joson.

 

22 aprel kuni futbol ishqibozlarini TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida kutib qolamiz. Keling, ajoyib futbol spektakli guvohi bo'ling hamda "temiryo'lchilar"ni qo'llab-quvvatlang. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика