So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

"Lokomotiv" bo'lajak raqib nomini kutyapti Yangiliklar

"Lokomotiv" bo'lajak raqib nomini kutyapti

Teglar :  Lokomotiv
“Lokomotiv”ning Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi raqibi “An-Nasr” Amirlik chempionatining 17-turini yirik g'alaba bilan yakunladi.

Turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turgan “Ash-SHarja” klubiga qarshi kurash olib borgan Ivan Yovanovich shogirdlari 4:1 hisobida muvaffaqiyat qozonishdi. Bunda “An-Nasr” safida harakat qilgan CHili, Kongo, Burkina Faso hamda braziliyalik legioner yigitlarning hissasi katta edi.

Jumladan, mashhur Nilmar 36-daqiqaga qadar xet-trik qayd etgan bo'lsa, 44-daqiqada kongolik legioner Kembo-Ekoko penaltini aniq amalga oshirdi. Mehmonlar 70-daqiqaga kelibgina hisobni 1 taga qisqartirishdi. 17-turdan keyin “An-Nasr” 3-pag'onadan mustahkam joy egallagan.

Guruh bosqichidagi yana bir raqibimiz – Eronning “Sepaxon” klubi esa 13-o'rinda borayotgan “Fulad”ga imkoniyatni boy berib, o'zi 10-pag'onaga sho'ng'ishga majbur bo'ldi. 70-daqiqada o'tkazib yuborilgan golga hamyurtimiz Fozil Musaev jamoadoshlari javob bera olishmadi.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv”ning guruhdagi uchinchi raqibi nomi 9 fevral kuni bo'lib o'tadigan “Al-Ittixod” (Saudiya Arabistoni) – “Al-Vixdat” (Iordaniya) o'yinidan keyin malum bo'ladi.

Bevosita o'zimizning futbolchilar haqida gap ketganida, ular 9 fevral kunga rejalashtirilayotgan o'rtoqlik o'yiniga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Mashg'ulotlar reja asosida davom etmoqda, jarohatlangan futbolchilar yo'q. Murabbiylar 23 fevral sanasiga qadar jamoani optimal formaga olib kirish uchun tinmay mehnatdalar. 10 fevraldan etiboran ular chempionlar ligasidagi birinchi raqib jamoaga qarshi tayyorgarlikni boshlashadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика