So’nggi yangiliklar

13:48Карим Адейеми "Наполи"ни рад этди  0 13:20Мальдини "Аталанта"га ўтди  0 12:54"Милан" футболчиси АПЛ топ клубига ўтиш борасида қарор чиқарди  1 12:21Туркия клуби Кристантега қизиқмоқда. "Рома" хавбеки Раньерининг режаларига мос тушмаяпти  0 11:57"Интер" "Рома" футболчисини харид қилиш ҳуқуқи билан ижарага олди  1 11:26"Сурхон" спорт директори Рустам Қурбонбоев: "Қуръани омадли ёки омадсизга ажратиш ноўрин бўлади"  2 11:00Баҳром Ҳайдаров: «Жамоамиз янги мавсумга жиддий тайёргарлик кўрмоқда. Худо хоҳласа, янги мавсумни яхши натижа билан бошлаймиз»  4 10:06Ёшларимиз Хитой U-20 термасига қарши баҳс олиб боради  2 09:43Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Хоразм» билан шартнома тузди  1 09:35Аморимнинг «Манчестер Юнайтед»даги илк трансфери ким бўлиши аниқ  3 09:02Кечаги кутилмаган мағлубиятдан сўнг Анчелотти нималар деди?  40 08:34«Бухоро» Туркиядаги йиғиннинг илк ўртоқлик учрашувида Қозоғистон жамоасига мағлуб бўлди  1 08:03Нидерландия футболида можаро. Ван Перси жамоаси рақиб 12 киши бўлиб майдонда ҳаракат қилган баҳснинг сўнгги дақиқаларида гол ўтказиб юбориб, ғалабани қўлдан бой берди  3 07:35«Қийинчиликка қарамай, тайёрланиш ва курашиш керак» – Вадим Абрамов қуръа ва старт ҳақида  3 03:00Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Эспаньол"га мағлуб бўлди, "Атлетико" билан орадаги фарқ — бир очко  115

“Lokomotiv” Bekobodda nega g'alaba qozona olmadi? Yangiliklar

“Lokomotiv” Bekobodda nega g'alaba qozona olmadi?

Teglar :  LokomotivMetallurg
Oliy liganing 14-turidan o'rin olgan bahsni safarda o'kazgan “Lokomotiv” durang qayd etdi. “Temiryo'lchilar” Bekobodda “Metallurg” bilan durang o'ynashdi.

O'yin 3:3 hisobida yakuniga etdi.

Oliy ligada qatorasiga sakkizta uchrashuvda g'olib bo'lgan “Lokomotiv” 9-o'yinga kelganda zafar qucha olmadi. Ammo mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. SHu o'rinda bir savol yuzaga kelishi mumkin, “Lokomotiv” nima uchun Bekobodda g'alaba qozona olmadi? Quyida bu savolga atroflicha javob topishga urinib ko'ramiz.

Avvalo shuni aytish lozim, “Lokomotiv” bungacha Bekobodda 12marta to'p surgan va shundan 4tasida g'alaba bilan qaytgan. “Metallurg” o'z maydonida uch bor g'alaba qozongan va beshta bahs durang hisobida yakun topgan. “Lokomotiv”ning Bekoboddagi eng yirik g'alabasi 4:0ga teng va bu o'yin 2013 yil o'tkazilgan. O'tgan yil bo'lib o'tgan bahsda esa hisob ochilmagan.



Esingizda bo'lsa, o'tgan yil Toshkentdagi uchrashuvda ham durang qayd etilgandi – 1:1. Bu yilgi uchrashuvda “temiryo'lchilar” yutqazib qo'yishlari ham mumkin edi, biroq o'yin oxirlarida Islom To'xtaxo'jaev jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, o'yinning 3:3 hisobida yakun topishini taminladi.

25 iyun kuni o'tkazilgan bellashuvda “Metallurg” tezkor gol urdi. O'yinning endi 35-soniyasi o'tib borayotgan bir paytda Zohid Abdullaev hisobni ochdi. Keyinchalik 29-daqiqaga kelib Dilmurod Karimov jarima to'pidan unumli foydalandi. Natijada birinchi taym 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakun topdi.

Malumki, “Metallurg” o'z maydonida yaxshi o'yin namoyish etadigan jamoalar sirasiga kiradi. Jamoa bekorga uchinchi o'ringa ko'tarilib olgani yo'q har holda. “Loko” bilan bahsda ham maydon egalari shiddat bilan va tajovuzkorona o'yin namoyish etishdi. To'g'ri, “klass” baribir mehmonlarda yuqori bo'ldi. Birinchi gol aynan shiddat evaziga darvoza to'riga kiritildi. Ikkinchi gol esa Dilmurod Karimovning mahorati tufayli ro'y berdi.

Tanaffusdan so'ng to'p bilan muomala to'liq “Loko” tomonida bo'ldi. 58-daqiqada Jeparov tushgach, hujumlar soni yanada ortdi, shu bilan birga mazmunliroq tus ola boshladi. Jeparov maydonga tushganidan so'ng oradan to'rt daqiqa o'tib Temurxo'ja Abduxoliqov to'p kiritdi. Ammo Server shu kuni maydonda oxirigacha o'ynay olmaydi. Zaxiradan maydonga tushganiga hali 20 daqiqa bo'lmasdan Jeparov yana oldingi jarohatini qo'zg'ab oldi va o'rnini Quvondiq Ro'zievga bo'shatib berdi.



63-daqiqada esa “Loko” futbolchilari bir kishi kam bo'lib qolishdi. Jarima maydonchasi tashqarisida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun Ignatiy Nesterovga shu zahoti qizil kartochka ko'rsatildi. Aytish mumkinki, bu erda hakamning qaroriga hech bir etiroz yo'q. Bir o'yinchi kam bo'lib qolganiga qaramay, “Loko” baribir o'zini ko'rsatishi kerak edi. Natijada 82-daqiqada Sanjar SHoahmedov hisobni tenglashtirdi.

Lekin oradan to'rt daqiqa o'tib, “Metallurg” yana to'p kiritdi. Bu safar Murod Toshmatov gol muallifi bo'ldi. O'yin oxirlab borayotgandi, agar Islom jarima to'pidan gol urmaganida “Loko” yutqazib qo'yishi ham hech gap emasdi. Lekin To'xtaxo'jaev 90+2-daqiqada jarima to'pidan juda chirolyi to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Albatta, “Lokomotiv” oldiga har bir uchrashuvda g'alaba qozonish maqsadi qo'yilgan. Lekin Bekoboddagi o'yin va sharoitdan kelib chiqqan holda durang ham yomon bo'lmadi. Aksincha, maydon egalari tayyor uch ochkoni qo'ldan boy berishdi. “Metallurg” bu mavsum o'z maydonida hali yutqazmadi va “Loko” bilan o'yinda ham bu ananani davom ettirdi. SHunday ekan, bekobodliklarga qoyil qolsa arziydi.

“Lokomotiv” birinchi davraning oxirgi tur uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi. “Temiryo'lchilar” 1 iyul kuni TTYMI stadionida “Bunyodkor”ni qabul qilishadi. O'yin soat 19:00da boshlanadi. “Metallurg” esa safarda “Neftchi” mehmoni bo'ladi.

X.Xoliqov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика