So’nggi yangiliklar

19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  31 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  3 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   18 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

“Lokomotiv” azosi Ikrom Aliboev 4ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi Yangiliklar

“Lokomotiv” azosi Ikrom Aliboev 4ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi

O'FA Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida Superliganing bir qator uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlar o'rganib chiqildi.

31 mart kuni Superliganing 4-turi doirasida AGMK hamda “Lokomotiv” klublari o'zaro to'qnash kelgandi. Mezbonlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida har ikki jamoa futbolchilari o'rtasida janjal kelib chiqqan.

O'FA Tartib-intizom qo'mitasi mazkur uchrashuvni o'rganib chiqdi. Ishni o'rganish jarayonida uchrashuv referisi Akobirxo'ja SHukurillaevning yozma arizasi hamda bergan ko'rsatmalari, AGMK — “Lokomotiv” o'yinining “Sport” telekanalidagi translyaciyasi hamda AGMK futbol klubi tomonidan PFLga taqdim etilgan uchrashuv videosidan foydalanildi. SHuningdek, PFL komissari bo'lib o'tgan voqea yuzasidan o'z ko'rsatmasini berdi.

O'FA Tartib-intizom qo'mitasi “Lokomotiv” futbolchisi Ikrom Aliboevni jamoasi ishtirokidagi 4 ta o'yindan diskvalifikaciya qildi. Endilikda u “Qo'qon-1912”, “Nasaf”, “So'g'diyona” va “Bunyodkor” klublariga qarshi 5-6-7-8-tur o'yinlarida jamoasiga yordam bera olmaydi. Tajovuzkor hatti-harakati uchun AGMK bilan o'yinning 94-daqiqasida maydondan chetlatilgan Aliboevga, shuningdek, 10 million so'm jarima ham solindi.

Komissiya azolari mazkur holat uchun faqatgina Ikrom Aliboevning o'zi aybdor emas degan qarorga keldi. Boisi, janjalda har ikki klub vakillari ham ishtirok etgan. SHundan kelib chiqib, qo'mita Tartib-intizom kodeksining 2-bob 5.36 bandiga asosan AGMK va “Lokomotiv” klublarini 25 million so'mdan jarimaga tortdi.

Ogohlantirish


O'zbekiston Professional futbol ligasining 2018 yil 12 mart kungi 35-sonli buyrug'iga muvofiq Superliga futbol klublari murabbiylari keng ommaning etiborida bo'lishi hisobga olinib, ular o'yindan oldin, o'yin vaqtida va undan keyingi rasmiy marosimlarda rasmiy kiyimda (kostyum, shimda va galstuk taqqan holda) bo'lishlarini taminlash belgilab qo'yilgan hamda klublar rahbariyati bu borada yozma ravishda xabardor qilingandi.

Superliganing 4-turidan o'rin olgan AGMK — “Lokomotiv” o'yinida musobaqani o'tkazish uchun masul tashkilot yuqorida belgilab bergan tartibning buzilishi holati kuzatildi. Superliga klublari bosh murabbiylari yuqoridagi topshiriqni bajardi, biroq “Lokomotiv” klubi murabbiylari 3-turda mazkur topshiriqqa etibor qaratib, 4-turda yana o'zi bilganicha ish tutdi.

PFL tomonidan belgilab berilgan talabning buzilishi hisobga olinib, O'FAning Tartib-intizom kodeksining 4-bob, 5.57 bandiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi yozma ravishda ogohlantirildi. Bunday hol qayta takrorlansa, jamoaga moddiy jarima solinadi.

Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика