"Lokomotiv" Azizbek Haydarov va Timur Kapadzega omad tilaydi
16 iyu 2019 11:38
Yangiliklar


"Lokomotiv" Azizbek Haydarov va Timur Kapadzega omad tilaydi
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Azizbek Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunladi va tez orada yangilangan O'FAda ish boshlaydi.
Bizga malum bo'lishicha, Azizbek Haydarov O'FA Terma jamoalar bo'limi boshlig'i sifatida faoliyat olib boradi. "Lokomotiv"da 7-raqamda o'ynagan futbolchi jamoamizni tark etdi.
SHuningdek, birinchi davrada "Lokomotiv" U-21 yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan Timur Kapadze ham "temiryo'lchilar" bilan xayrlashdi. Endlikda Kapadze murabbiylik faoliyatini boshqa joyda davom ettiradi. Fursatdan foydalanib "Lokomotiv" klubi rivojiga o'z hissasini qo'shgan Azizbek Haydarov va Timur Kapadzening keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.
"Lokomotiv" matbuot xizmati
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
22:54
Bahrom Haydarov: "Yutqazayotgan vaqtimizda ham rejamizdan chekinmadik va haqli g'alabaga erishdik" 3

Fikrlar