"Lokomotiv": "Antalya Cup" g'oliblari munosib kutib olindi (FOTO)
10 noy 2015 12:46
Yangiliklar
"Lokomotiv": "Antalya Cup" g'oliblari munosib kutib olindi (FOTO)
Xabaringiz bor, noyabr oyining ilk haftasida Turkiyaning Antaliya shahrida 2004-2006 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida “Antalya Cup” xalqaro bolalar futbol festivali tashkil qilindi.
Mazkur musobaqada Erkin Saidov boshqaruvidagi “Lokomotiv” futbol maktabining ikki yosh toifasidagi (2004 va 2006) tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etib, yakunda “Loko-2006″ birinchi o'rinni, “Loko-2004″ esa uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Kecha kechqurun futbolchilarimiz Istaybul – Toshkent aviareysi bilan poytaxtimizga qaytib kelishdi. Toshkent xalqaro aeroportida “temiryo'lchilar”ni ko'plab ota-onalar, klub xodimlari, shuningdek “Sport” telekanali jurnalistlari kutib olishdi. CHempion yoshlarimiz aeroportdayoq karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Ota-onalar futbol maktabimiz direktori Erkin Saidov, shuningdek murabbiylar Davron Dosunov hamda Sunnat Ro'zievga zarbof to'n kiydirishdi. Quyida “Loko” tarbiyalanuvchilarini kutib olish jarayonidan fotosuratlarni taqdim etamiz.













O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar