Lokomotiv Antaliyada. Beshinchi kun. Dastlabki o'rtoqlik o'yinida g'alaba
04 fev 2017 08:23
Yangiliklar
Lokomotiv Antaliyada. Beshinchi kun. Dastlabki o'rtoqlik o'yinida g'alaba
Turkmaniston klubi Oltin Asr bilan kechgan nazorat bellashuvida temiryo'lchilar 1:0 hisobida zafar quchishdi. O'yinning 7-daqiqasida Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritilgan gol toshkentliklarga g'alaba keltirdi. Bu vaziyatda to'pni unga Maxaradze etkazib berdi.
Mazkur bahsda murabbiylar ikki xil tarkibni sinab ko'rishdi. Birinchi taymda bir tarkib harakat qilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda boshqa futbolchilar to'p tepishdi. Faqat Kaxi Maxaradze maydonda eng ko'p o'ynagan futbolchi bo'ldi.
O'yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyaev intervyu berar ekan, barcha futbolchilarning harakatidan qoniqqanini aytib o'tdi.
O'rtoqlik uchrashuvi. 3 fevral
LOKOMOTIV - OLTIN ASR 1:0
Gol: J.Masharipov, 7.
Birinchi taymdagi tarkib: Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteev, Muhammad Kone, SHerzod Fayziev, Salim Mustafoev, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev, Quvondiq Ro'ziev, Jaloliddin Masharipov, Murod Bobojonov, Timur Usmonov.
Ikkinchi taymdagi tarkib: Mamur Ikromov, SHuhrat Muhammadiev, Bobur Yo'ldoshev, Islom To'xtaxo'jaev, Diyor Turopov, Salamat Qutiboev, Timur Kapadze, Marat Bikmaev, Kaxi Maxaradze (Muhammad Kone), Sardor Mirzaev (Azizbek Omonov), Nore Krizo.
Fikrlar