"Lokomotiv": Alisher SHog'ulomov bilan shartnoma bekor qilindi
23 apr 2015 17:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/169958_original.jpg)
![](/upload/storage/169958_220.jpg)
"Lokomotiv": Alisher SHog'ulomov bilan shartnoma bekor qilindi
"Lokomotiv" futbol klubi o'zaro kelishuvga ko'ra, jamoa hujumchisi Alisher SHog'ulomov bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.
Bunga sabab futbolchining klub ichki tartib-qoidalariga rioya qilmagani bo'ldi.
Xabaringiz bor, 15 aprel kuni "Lokomotiv" o'rinbosarlari yoshlar ligasi 5-tur doirasida Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'lishdi. Bu o'yinda o'rinbosarlarimiz murabbiyi Ruslan Ahmedxonov hujumchi Alisher SHog'ulomovni asosiy tarkibga emas, balki zaxiradagilar ro'yxatiga kiritdi. Bundan ko'zlangan maqsad, SHog'ulomovni ikkinchi taymda maydonga tushirib, jamoa hujumini yanada kuchaytirish edi.
Lekin Alisher SHog'ulomov murabbiyning bu qaroridan xafa bo'lib, hali o'yin boshlanmasdanoq ketib qoldi. U shu kuni hatto "Lokomotiv" istiqomat qilgan mehmonxonaga ham bormadi. SHog'ulomov shu ketganicha mana oradan necha kun o'tgan bo'lsa, klubga kelib biror marta ko'rinish bermadi. Jamoa mamurlari unga qo'ng'iroq qilishgan payt futbolchi qo'ng'iroqlarga javob bermadi. Keyinchalik malum bo'lishicha, uning o'zi "Lokomotiv"dan ketishni istadi va klub ham shunga monand Alisher SHog'ulomov bilan shartnomani bekor qildi.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar