So’nggi yangiliklar

01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  1 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1

"Lokomotiv" Ahvazda, o'yindan oldingi miting va matbuot anjumani haqida Yangiliklar

"Lokomotiv" Ahvazda, o'yindan oldingi miting va matbuot anjumani haqida

Xabar berib o'tganimizdek, "Lokomotiv" futbol klubi charter reys orqali bugun kunduzi Toshkentdan Eronning Ahvaz shahri tomon parvoz qildi.
Ertaga "temiryo'lchilar" Osiyo chempionlar ligasining 6-turidan o'rin olgan bahsda "Fuladga qarshi maydonga tushishadi.

Ahvazga parvoz uch soatdan sal oshiqroq vaqtni oldi. Hamma sog'-salomat manzilga etib keldi. "Lokomotiv" delegaciyasi shahardagi eng mashhur mehmonxona - "Pars Hotel"da joylashdi. Bugun ertangi o'yin oldidan odatdagidek har ikkala jamoa menejerlari ishtirokida miting hamda o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Har ikkala tadbir uchrashuv bo'lib o'tadigan "Gadir Stedium"da tashkil qilindi.



Miting davomida shu narsa aniq bo'ldiki, "Lokomotiv" ertaga oq rangli libosda to'p tepadi. Maydon egalari esa o'zlarining ananaviy qizg'ish rang futbolkalarida o'ynashadi. O'yindan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovga 11-raqamdagi hujumchimiz Temurxo'ja Abduxoliqov hamrohlik qildi.



Vadim Abramov "Garchi ikkala jamoa turnir bilan xayrlashgan bo'lsa-da, uchrashuv qiziq kechishini" aytib o'tgan bo'lsa, Temurxo'ja Abduxoliqov "Toshkentda durang o'ynab qo'yganimiz uchun bu safar g'alaba qozonishga harakat qilishimiz"ni bildirdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика