"Lokomotiv" - AGMK bahsi TTYMI stadionida bo'ladi
12 apr 2019 18:10
Yangiliklar


"Lokomotiv" - AGMK bahsi TTYMI stadionida bo'ladi
Superliganing 4-tur uchrashuvini "Lokomotiv" o'z maydonida AGMKga qarshi o'tkazadi.
14 aprel kuni bo'lib o'tadigan bahs aslida "Lokomotiv" stadionida soat 18:20da boshlanishi lozim edi, biroq shu kuni Qozog'iston respublikasi Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qaev yurtimizga tashrif buyurishi hamda TTZ dahasidagi "Ko'ksaroy"da tadbir o'tkazilishi tufayli barcha asosiy yo'llar yopiladi va hududda boshqa hech qanday tadbir o'tkazilishiga ruxsat berilmaydi.
SHu bois "Lokomotiv" PFK o'yinni jamoamizning ikkinchi stadioni TTYMI o'yingohida o'tkazishini PFLga malum qildi. Natijada 14 aprel kuni bo'ladigan "Lokomotiv" - AGMK bellashuvi TTYMI stadioniga ko'chirildi va boshlanish vaqti 16:30ga belgilab qo'yildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar