“Lokomotiv” 3ta o'yindan 3 ochko olsa, Rossiya chempioni bo'ladi, Denisov ham
24 apr 2018 00:56
Yangiliklar
“Lokomotiv” 3ta o'yindan 3 ochko olsa, Rossiya chempioni bo'ladi, Denisov ham
Rossiya Premer-ligasining 27-turidan so'ng “Lokomotiv” jamoasining chempion bo'lishi deyarli oydinlashdi.
Bundan bir soatcha avval “Spartak”ning o'z maydonida “Axmat”ga 1:3 hisobida yutqazib qo'ygani “temiryo'lchilar”ning chempionlik uchun imkoniyatlarini keskin oshirib yubordi.
Endi “Lokomotiv” qolgan 3ta turda 3 ochko olsa chempionlik uchun kifoya bo'ladi. Yuriy Syomin shogirdlari ikkinchi o'rindagi CSKAni 6, “Spartak”ni 7, “Zenit”ni 8, “Krasnodar”ni esa 10 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov zaxirada qolib ketayotgan “Lokomotiv” qolgan o'yinlarda 3 ochko to'play olsa, o'z tarixida uchinchi bor Rossiya chempioniga aylanadi. Jamoa 2002 va 2004 yillarda ham chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan edi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar