"Lokomotiv" o'rinbosarlari 19 yoshli namanganlik istedod bilan qiziqib qoldi
24 iyu 2020 20:18
Yangiliklar
"Lokomotiv" o'rinbosarlari 19 yoshli namanganlik istedod bilan qiziqib qoldi
2019 yil mavsum oldi yig'inlarda "Navbahor"ning asosiy tarkibi bilan Qrimdagi mashg'ulotlarda ishtirok etib, o'rtoqlik o'yinlarida gol urgan Ulug'bek Aknazarov "Lokomotiv" o'rinbosarlarining murabbiysi nigohiga tushgan ko'rinadi.
Ayni paytda "Lokomotiv" U-21 jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Dilshod Nuralievning tavsiyasiga ko'ra 19 yoshli yarim himoyachi 2018 yilda Toshkentga ko'chib o'tib, "CHig'atoy" jamoasida faoliyatini boshlagan edi. Keyinchalik "Navbahor" o'rinbosarlari safidan chorlov bo'lgach, yana Namanganga qaytgan futbolchi so'nggi paytlarda jamoasining zaxira o'yinchilari qatoridan joy olib kelyapti.
Eslatib o'tamiz, Dilshod Nuraliev "Lokomotiv" o'rinbosarlari bosh murabbiyiga aylangach, tarkib keskin yoshardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar