Lokomotiv 10 yanvarga qadar ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazmoqchi
04 jan 2014 12:26
Yangiliklar


Lokomotiv 10 yanvarga qadar ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazmoqchi
Kecha, 3 yanvar kuni temiryo'lchilar o'z qarorgohlari Lokomotiv sport majmuasida yig'ilib yana mashg'ulotlarga kirishdilar.
Jamoa Paxtakor stadionida qishki o'quv yig'inning ikkinchi bosqichini boshladi. Bugundan boshlab esa Fuzaylov shogirdlari ikki martalik mashg'ulotlar olib boradilar.
Ushbu qishki o'quv yig'in mashg'ulotlari davomida Oliy Liga klublari bilan ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazish rejalashtirilmoqda.
Lokomotiv Toshkentda 10 yanvargacha mashg'ulotlar o'tkazadi va 11 yanvar, erta tongda Birlashgan Arab Amirliklariga uchib ketadi.
Fikrlar