So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  25 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

LOKOMANIA – Marat Bikmaev: Riberi va Robbenni “Lokomotiv” tarkibiga qo'shib olgan bo'lardim Yangiliklar

LOKOMANIA – Marat Bikmaev: Riberi va Robbenni “Lokomotiv” tarkibiga qo'shib olgan bo'lardim

Xabaringiz bor, “LOKOMANIA” loyihasi doirasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari bilan eksklyuziv intervyular tashkil etish orqali siz – aziz ishqibozlarimizga sevimli o'yinchilaringiz haqida yanada ko'proq malumot berishga harakat qilib kelyapmiz.

“Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmatining “LOKOMANIA” loyihasi navbatdagi mehmoni – jamoa to'purari Marat Bikmaev. Tajribali futbolchi o'z faoliyatiga hamda shaxsiy hayotiga doir bir qator savollarga javob berdi. Quyida ushbu intervyuni o'qish hamda tomosha qilish imkoniga ega bo'lasiz.

 – Marat, futbolga qay tariqa kirib kelgansiz? Yoshligingizdagi futbol bilan bog'liq eng yaxshi xotiralaringiz bilan bo'lishsangiz.  

– Meni otam futbolga olib kelgan. U kishi o'zi ham futbol o'ynagan. SHu sababli meni ham yoshlik paytimdayoq “CHig'atoy” futbol maktabiga olib borgandi. Dastavval Evgeniy Kazakov qo'l ostida futbol saboqlarini olganman. Otam bo'lsa doimo mashg'ulotlarimni, yoshlar jamoasidagi o'yinlarimni kuzatib, barchasidan boxabar bo'lib turardi. Bu esa men uchun juda muhim omil bo'lgan.

– Yaqinlaringiz futbolchilik kasbingizga qanday munosabat bildirishadi?

– Yaqinlarim futbolni tanlaganimga yaxshi munosabat bildirishgan. Umuman, bizning oilamiz futbolni juda sevadi. Oilamizni – sportchilar oilasi, desa ham bo'ladi. Zero otam o'z vaqtida futbol o'ynagan. Qizim ayni paytda gimnastika bilan shug'ullanmoqda. Hudo xohlasa, o'g'limni ham futbol maktabiga berishni niyat qilyapman.



– Sizningcha, futbolchi qanday sifatlarga ega bo'lishi lozim?

– O'ylashimcha, har bir futbolchi har qanday holatda ham o'zini tuta biladigan bo'lishi lozim. Qolaversa, u maydonda tajovuzkor o'yin ko'rsatishi kerak bo'ladi. Yana o'z vaqtida hazil-xuzulni ham eplashi kerak, deb hisoblayman.

– Oliy Ligadagi debyut uchrashuvingiz hamon yodingizdami?

– Ha, adashmasam, 2002 yilda “So'g'diyona” jamoasiga qarshi kechgan o'yinda Oliy Ligadagi ilk o'yinimni o'tkazgandim. O'shanda zaxiradan maydonga tushib, gol kiritishga erishgandim. 2:1 hisobida g'alaba qozongandik. Men esa ikkinchi golga mualliflik qilgandim. Mirjalol Qosimovning qanotdan uzatib bergan to'pini boshim bilan darvozaga kitigandim.

– Faoliyatingiz davomida sizda eng ijobiy tassurot qoldirgan futbolchilar kimlar?

– Futbolchilik faoliyatim davomida juda ko'plab do'stlar orttirganman. Ular ichidan “Alaniya” tarkibida birga to'p surgan Jambulad Bazaev, Aslan Mashukov, Dmitriy Xomich kabilarni yaxshi xotiralar bilan eslayman. Qolaversa, hozirda qoyilmaqom futbolchilar bilan birgalikda bitta jamoa sharafini himoya qilyapman.

– Joriy yilgi mavsumda Oliy Ligada 13 ta gol kiritishga ulgurdingiz. Qaysi jamoa mudofaa chizig'i vakillari sizga ancha qiyinchilik tug'dirdi?

– Ochig'ini aytsam, hech bir jamoaga qarshi o'yinda osonlikcha gol kiritganimiz yo'q. Barcha jamoalar himoyachilari ham etarlicha qarshilik ko'rsatishga urinishdi. Aynan biror jamoa himoya chizig'ini alohida ajratib ko'rsatmagan bo'lardim.



– “Lokomotiv” uchun kiritgan gollaringizdan qay biri sizga olam-olam quvonch baxsh etgan?

– Bilasizmi, bunday voqea 2015 yilda bo'lgandi. O'shanda Osiyo CHempionlar Ligasi doirasida “Al Sadd”ga qarshi uchrashuv o'tkazgandik. Safarda 2:6 hisobida yutazkgach, uyda o'zimizga kela olgandik va raqibni 5:0 hisobida taslim etishni uddalay olgandik. Aynan o'sha g'alaba xotiramda yaqqol saqlanib qolgan. O'sha uchrashuvdan so'ng chin dildan quvonganim hamon yodimda.

– Bir jamoa sharafini himoya qiladigan futbolchilar ham tortishib turishadimi?

– Ha, albatta! Bundan qochib-qutulishning aslo imkoni yo'q. Ammo tortishuvlar aslo jiddiy bo'lmaydi hamda tezdagina unutiladi. Masalan, bizda ham bazida biror masala yuzasidan tortishuvlar bo'lib turadi. Lekin ertasigayoq barchasi unut bo'ladi va yana hazillashishni boshlaymiz.

– Ko'pchilikning aytishicha, siz – “Lokomotiv”dagi eng quvnoq futbolchi ekansiz…

– Ko'pchilik shunday deyayotgan ekan – demak, chindan ham shunday! Nima ham qilamiz: SHu ruhda davom etaveraman. (kuladi)

– Sizning futboldagi kumiringiz kim?

– Men yoshligimda braziliyalik Ronaldoning o'yinlarini miriqib tomosha qilardim. O'ylashimcha, aynan ushbu futbolchi men uchun kumir vazifasini o'tab bergan.

– Agar sizda “Lokomotiv” tarkibiga istagan futbolchini olib kelish imkoni bo'lganida kim bilan shartnoma tuzgan bo'lardingiz?

– Agar menda bunday imkoniyat bo'lganida, hech o'ylab o'tirmasdan Frank Riberi hamda Aren Robbenni “Lokomotiv” tarkibiga qo'shib olgan bo'lardim.


– Matbuotda siz haqingizda yozilayotganlarni kuzatib borasizmi?

– Ha. Matbuotda men haqimda nimalar yozilayotganini o'qib turaman. Bazilar tanqid qiladi, bazilar esa aksincha. Men bunga normal holat, deb qarayman.

– Ko'chada sizni ko'pchilik tanib qolib, dastxat so'rashsa kerak?

– Ha. Ko'chada ko'pincha shunday bo'lib turadi. Ayniqsa, “Lokomotiv” ishqibozlari bilan ko'pincha shunday holat ro'y beradi.

– Bo'sh vaqtingizni qaerda o'tkazishni xush ko'rasiz? Sevimli go'shangiz bormi?

– Legioner sifatida xorijda o'ynagan paytim ko'pincha jamoadoshlar bilan mashg'ulotlardan so'ng restoran yoki shunga o'xshash joylarga borardik. Hozir esa Toshkentdaman va asosan oilam davrasida bo'laman. Sevimli joyimga kelsak, butun Toshkentni juda yaxshi ko'raman. SHaharning aynan bir joyi emas, balki barcha go'shalari ham yoqadi menga.

– So'nggi o'qigan kitobingizni nomi qanday?

– To'g'risini aytsam, so'nggi paytlarda kitob o'qish uchun vaqtim bo'lgani yo'q. Oxirgi o'qigan kitobimni eslay olmayman.



– So'nggi bor kimning ashulasini tingladingiz?

– SHon Polning qo'shiqlarini yoqtiraman. Mashg'ulotga kelishdan avval ham aynan uning qo'shiqlarini tingladim.

– “Lokomotiv” jamoasi kiyim-almashtirish xonasida qanday musiqa jarang sochib turadi?

– Rostini aytsam, bizning kiyim-almashtirish xonamizda hech qanday musiqa yangramaydi. Barcha o'zi istaganidek o'yinga ruhiy tayyorlanadi.

– Hech o'ylab ko'rganmisiz, agar futbolchi bo'lmaganingizda, qaysi kasb egasi bo'lardingiz?

– Antiqa savol. Bu haqda umuman o'ylab ko'rmagan ekanman. Hayronman. Menimcha, hayotim baribir shu futbol bilan bog'liq bo'lgan bo'lardi. Yana kim bilsin…


– Oldinga nazar solib aytsak: Futbolchilik faoliyatingizni yakunlagach, nima bilan mashg'ul bo'lishni mo'ljallayapsiz?

– To'g'risi, futbolchilik faoliyatimni yakunlash haqida aslo o'ylamayapman. SHu sababli aniq bir gap ayta olmayman. Vaqti-soati kelgach, bu haqda o'ylab ko'raman, ammo hozir emas.



“Lokomotiv” FK matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика