So’nggi yangiliklar

21:12А Серия. "Кальяри" - "Интер" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:47"Милан" ПСЖга таклиф билан чиқди  0 20:16Россия термаси учун яна бир рақиб топилди  1 19:54Пеп Гвардиола: "Таслим бўлмайман"  1 19:36Флик ва Деку Леау трансферига ишонишмаяпти, аммо Лапорта уни сотиб олмоқчи  0 19:06Суперлигага қайтган "Бухоро" Қулматовни ўз сафига қўшиб олди  3 18:55"Барселона" Ольмо ишини ҳал қилиш учун ЛаЛигага VIP жойлар ҳужжатини юборди  1 18:36Шуҳрат Муҳаммадиев "Насаф" билан янги битим имзолади  0 18:02Катта эҳтимол билан АПЛни "Ливерпуль" ютади  6 17:15"Барселона" яна Ольмога ваъда беришни бошлади  0 16:35"Реал" клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча пул ишлаб олиши мумкин?  9 16:14"Ланс" етакчисини 15 млн еврога сотмоқда  3 15:58Балотелли январь ойидаёқ "Женоа"ни тарк этиши мумкин  2 15:44Винисиус "Реал"дан Мбаппе даражасидаги маош талаб қилмоқда  8 15:00Championat.asia ходимлари томонидан йил давомида эълон қилинган мақолалар  5

LOKOMANIA. Birinchi mehmon - Islom To'xtaxo'jaev Yangiliklar

LOKOMANIA. Birinchi mehmon - Islom To'xtaxo'jaev

Bilasiz, “Lokomotiv” futbol klubi o'z oldiga mamlakat chempionligi va Kubokni qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'ygan va ayni paytda jamoa Oliy liga jadvalida etakchilik qilmoqda.

SHu o'rinda jamoa muxlislari o'z sevimli o'yinchilari haqida ko'proq malumot bilishga, ularni o'zlari uchun qaytadan kashf etishga istak bildirishmoqda. SHuni inobatga olgan holda “Lokomotiv” PFK matbuot xizmati bundan buyon #LOKOMANIA loyihasini taqdim etib boradi.

Loyiha orqali futbolchilar va murabbiylar bilan eksklyuziv suhbat uyushtiramiz hamda futbolchi va murabbiy haqida yanada qiziqroq malumotlarni berib boramiz. Demak, loyihamizning ilk mehmoni – “Lokomotiv” jamoasining mahoratli himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev.

- Islom, “Millionlar o'yini” bo'lmish futbolga kirib kelishingiz qanday ro'y bergan?

- Futbolchi bo'lishimga oilamizdagi muhit sabab bo'lgan. Sababi uyimizda deyarli hamma futbol ishqibozi. Akam Farg'onaning “To'qimachi” jamoasida to'p surgan. Akamga havas qilib men ham futbol to'garagiga bora boshlaganman. O'shanda endigina 6 yoshda edim. Keyinchalik 5-sinfga qadar “To'qimachi” stadionidagi to'garakka qatnadim. So'ngra licey-internatga qabul qilindim. U erda ko'p narsalarni o'rgandim. 11-sinfga o'tgan paytim “Neftchi” ko'rigida qatnashdim va muvaffaqiyatli o'tib, ushbu jamoada o'ynay boshladim. “Neftchi”da hammasi bo'lib 5 yil to'p surdim.

- Yoshligingizda hech bir kun kelib professional futbolchi bo'laman deb o'ylaganmisiz?

- Ha, bunga umid qilgandim. Dastlabki orzuim – O'zbekiston milliy terma jamoasi safida maydonga tushish bo'lgan. SHuningdek, vaqti kelsa Evropaning grand jamoalaridan birida o'ynashni niyat qilganman.



- “Lokomotiv”ga kelib qolishingiz qanday ro'y bergan?

- O'sha paytda “Neftchi”dagi o'yinlarim orqali Olimpiya terma jamoasi murabbiylari nazariga tushgandim. Terma jamoa tarkibida bir nechta o'yin o'tkazganimdan so'ng mamlakatimizning etakchi klublaridan takliflar tusha boshladi. “Bunyodkor” va “Paxtakor” ham meni o'z safida ko'rishni istagandi. Lekin men “Lokomotiv” futbol klubi rahbariyati bilan uchrashgach, o'rnim “Loko”da ekanini tushunganman. Zero aynan “Lokomotiv” vakillari meni o'zlarining yaqin kelajak uchun tuzgan istiqbolli loyihalariga ishontira olishgandi. Takidlash joizki, u paytda “Lokomotiv” endigina oliy ligaga chiqqandi. Bazilar meni tavakkalga qo'l urganimni aytishgandi ham. Lekin mana hozir bu jamoa yurtimizdagi eng etakchi klub hisoblanadi. Demak, men tanlovda xato qilmagan ekanman!

- “Loko”dagi ilk kuningiz qanday o'tgan? Qandaydir o'zgacha, siz kutmagan holatga guvoh bo'lganmisiz?

- Yangi jamoa safiga qo'shilganda hayajon bo'lishi tabiiy. Zero yangi joy, yangi muhit. Lekin men “Lokomotiv”ga juda tez ko'nikib ketganman. CHunki tarkibdagi ko'pchilikni terma jamoa davridanoq tanirdim. Ular menga yordam berishdi. Qolaversa, jamoada yaxshi muhit hukmron ekani ham mening moslashishimda qo'l kelgan.

- “Temiryo'lchilar” safidagi ilk uchrashuv yodingizdami?

- Ha, yodimda. Mening debyutim “SHo'rtan”ga qarshi o'tgan edi. O'shanda jamoamiz G'uzorga safar uyushtirgan, men esa zaxiradan maydonga tushgandim.

- “Lokomotiv” libosida kiritgan ilk golingiz-chi?

- “Loko” uchun birinchi golimni “Andijon” jamoasiga qarshi kechgan o'yinda kiritganman. O'shanda jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg'ol qilgandim.

- SHu paytga qadar ushbu klub tarkibida bir qancha o'yinlarda maydonga tushdingiz. Ular orasida eng esda qolarlisi qaysi bo'lgan?

- Menimcha, “Lokomotiv” O'zbekiston Kubogi finalida g'olib chiqqan o'yin. Bunday deyishimga sabab o'sha o'yinning ahamiyati biz uchun juda katta edi. Jamoamiz o'z tarixida birinchi marta bunday yutuqni qo'lga kiritgandi. Bunday o'yinni unutib bo'lmaydi.



- Lokomotiv uchun qaysi derbi qiyinroq? Paxtakorga qarshi o'ynashmi yoki Bunyodkorga qarshi?

- “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi eng principial ahamiyatga ega derbi deb hisoblayman.

- Jamoa tarkibida kimni eng xushchaqchaq futbolchi deya etirof etgan bo'lardingiz?

- Kaxi Maxaradze bilan Sanjar SHoahmedovni eng xushchaqchaq futbolchilar deb hisoblayman. Ularning ikkalasi ham doim hammaning kayfiyatini ko'tarishga va jamoada iliq muhitni ushlab turishga intilishadi. Oldin jamoamizda o'ynaganlardan Zayniddin Tojievni ham ancha xushchaqchaq inson deb bilaman.

- Jamoada eng yaqin do'stingiz kim? Masalan, yig'inlar paytida kim doim siz bilan birga yuradi?

- “Lokomotiv” – bu bitta ahil oila! Bizda yaxshi va yomon deb ajratish yo'q. Hamma bilan bir xil yaxshi munosabatdaman. Hammamizning ham maqsadimiz bir. SHu maqsad yo'lida bir oiladek bo'lib intilyapmiz.

- Klub avtobusida o'zingizning alohida joyingiz bormi? Yoki har safar har xil o'rinda o'tirasizmi?

- Menimcha, har bir klubda bunday anana bor. Jamoaga yangi kelgan o'yinchilar qaysi joy bo'sh bo'lsa, o'sha o'rinni band etishadi (Kuladi). Keyinchalik esa futbolchi o'ziga maqul kelgan o'rinda o'tiraveradi. Mening ham avtobusda o'z joyim bor. U biroz orqaroqda joylashgan.

- Nega aynan 20-raqamni tanlagansiz?

- Yoshlar terma jamoasiga ilk bor chaqirilganimda 20-raqamli futbolkada maydonga tushgandim. Keyinchalik muntazam ravishda o'ynay boshladim. Natijada bu raqam menga yoqib qoldi va keyinchalik ham 20dan voz kechmadim. Hozirga qadar terma jamoada ham, klubda ham 20-raqamda maydonga tushib kelyapman.

- “Lokomotiv” muxlislari haqida qanday fikrdasiz? Ayniqsa, muxlisalar xususida… Zero, “Loko” O'zbekistondagi eng ko'p muxlisalarga ega futbol jamoasi…

- Bu gapingizga qo'shilaman. “Loko”ning muxlisalari soni nisbatan ko'p. Ammo bunday yuqori o'rin uchun kurashadigan klub o'yinlariga kutilganidan ancha kam ishqiboz tashrif buyurishi kishini biroz xafa qiladi. Boisi agar stadionga ko'proq muxlis kelib bizni qo'llab-quvvatlasa, o'yinchilar ikki barobar kuch sarflagan holda to'p tepishadi.

- Farzandingiz keyinchalik katta futbolga qadam qo'yishini istarmidingiz…

- Albatta, agar u o'zi shuni istasa, men aslo qarshilik qilmagan bo'lardim! Zero kishi o'zi yoqtirgan mashg'ulot bilan shug'ullanishi kerak deb o'ylayman. SHunda ishtiyoq bilan qilingan ish kishiga rohat ham bag'ishlaydi.



- Siz aslida markaziy himoyachisiz. Lekin terma jamoada o'ng qanotda o'ynayapsiz. Bir vaqtlari hujumchi ortida ham maydonga tushganingizni bilamiz. Islom To'xtaxo'jaev uchun qaysi poziciya qulayroq aslida?

- Bilasizmi, murabbiylar qaerda o'ynatishni lozim topishsa, o'sha chiziqda qo'ldan kelgancha o'yin ko'rsatishga harakat qilaman. Lekin bir narsani aytib o'tishim kerak, o'zimga oldingi chiziq ko'proq yoqadi. Rostini aytsam, menda hujumkor futbolchilardaqa qobliyat yo'q bo'lsa ham oldinda to'p surishni juda istardim… 2014 yilgi mavsumda biroz muddat hujumchi ortida o'ynaganman. O'shanda bir nechta gol urishga ham muvaffaq bo'lgandim. Biroq men baribir asli himoyachiman va o'z vazifamni bajarishdan shodman.

- Bo'sh vaqtni qanday o'tkazasiz? Boshqa jamoalarning o'yinini ham kuzatib borasizmi?

- Bo'sh vaqtimni asosan oilam davrasida o'tkazishni maqul ko'raman. Sababi o'yinlar va yig'inlar tufayli ko'pincha uyda bo'lmayman. SHuning uchun ham bo'sh vaqtdan unumli foydalanish maqsadida oilam davrasiga shoshaman.


- Yoshlikda kumiringiz kim bo'lgan? Qaysi futbolchining o'yinlariga havas qilardingiz?
- Menga braziliyalik Ronaldoning o'yini juda yoqardi. SHuningdek, argentinalik Xuan Ramon Rikelme ishtirokidagi uchrashuvlarni ham maroq bilan tomosha qilardim.

- Faoliyatingizni “Lokomotiv”da tugatishni istarmidingiz?

- Bu savolga javob berish mushkul. Buyog'i endi peshonadan. Agar taqdirda yozilgan bo'lsa, “Lokomotiv”da o'ynab “nafaqa”ga chiqishim ham mumkin.

- Keyinchalik o'zingizni murabbiylik sohasida sinab ko'rish rejangiz bormi?

- Yo'q! To'g'risini aytaman, menda murabbiy bo'lish istagi yo'q. Sababi, ushbu kasb juda mashaqqatli. Har kim ham murabbiy bo'lib faoliyat olib bora olmaydi. Buning uchun sabr, o'quv va malaka kerak.

Lokomotiv PFK matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика