So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

"Lokobol" saralash musobaqasi. 2-tur natijalari Yangiliklar

"Lokobol" saralash musobaqasi. 2-tur natijalari

Kecha Toshkentda ilk bor "Lokobol" bolalar musobaqasining saralash o'yinlari Toshkentda bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergandik.

Bugun "Bunyodkor" stadioni hududidagi maydonda bo'lib o'tayotgan mazkur musobaqasining guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Malumot uchun, "Lokobol" saralash bosqichi Toshkent mintaqasidagi turnirda 12ta jamoa (2007-2008 yillar) ishtirok etmoqda. Jamoalar to'rttadan uch guruhga bo'lingan.

Har bir guruhdan uchta birinchi o'rin hamda eng yaxshi ikkinchi o'rin egasi yarim finalga yo'l oladi. 1 may kuni yarim final bahslari o'tkazilsa, musobaqaning hal qiluvchi final o'yini 2 mayga belgilangan.

Quyida 2-tur natijalari hamda guruhlar jadvalini keltirib o'tamiz.

"A" guruhi - “Bunyodkor”, “Paxtakor”-08, ROZSK, “Qo'qon-1912”.

1-tur. 28 aprel
“Bunyodkor” – ROZSK 8:0
"Qo'qon-1912" – “Paxtakor”-08 1:3

2-tur. 29 aprel
ROZSK – “Paxtakor”-08 1:0
"Qo'qon-1912" – “Bunyodkor” 1:15

3-tur. 30 aprel
10:00. ROZSK – "Qo'qon-1912"
11:00. “Paxtakor”-08 – “Bunyodkor”


“V” guruhi - “Paxtakor”, “Eden Sport”, “Chelano”, “Nasaf”.

1-tur. 28 aprel
“Eden Sport” – “Nasaf” 0:3
“Chelano” – “Paxtakor” 0:5

2-tur. 29 aprel
"Nasaf" – “Paxtakor” 2:2
“Chelano”– “Eden Sport” 1:2

3-tur. 30 aprel
10:00. "Nasaf" – “Chelano”
11:00. “Paxtakor”  – “Eden Sport”


“S” guruhi - “Spartak-Odil Junior”, “Junior Football”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”-08.

1-tur. 28 aprel.
“Spartak-Odil Junior” – “Lokomotiv” 0:2
“Bunyodkor”-08 – “Junior Football” 2:3

2-tur. 29 aprel
“Lokomotiv” – “Junior Football” 1:1
“Bunyodkor”-08 – “Spartak-Odil Junior” 0:1

3-tur. 30 aprel
9:00. “Lokomotiv” – “Bunyodkor”-08
9:00. “Junior Football”  – “Spartak-Odil Junior”


Malumot uchun, ushbu musobaqa xalqaro festival hisoblanib 2007 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Festivalning Superfinal o'yinlari "Rossiya temir yo'llari" hamda Rossiya bolalar futboli Ligasi hamkorligida tashkil etiladi.

O'tgan 11 yil mobaynida "Lokobol" musobaqasi Rossiyaning 79 shahrida o'tkazilgan bo'lib, Kamchatkadan tortib to Kaliningradgacha bo'lgan hududlarni qamrab oldi. Umumiy hisobda shu vaqtgacha mazkur turnirda 500 mingdan ziyod futbolchi ishtirok etgan.

Mana endi O'zbekiston futbol associaciasi qoshidagi Toshkent shahar futbol federaciyasi tashabbus ko'rsatgan holda Rossiya bolalar futbol Ligasining Markaziy Osiyo bo'yicha ish yurituvchisi "More futbola" kompaniyasi bilan "Lokobol" saralash turniri birinchi bosqich o'yinlariga mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritdi.

Umumiy hisobda mazkur musobaqaning birinchi bosqich uchrashuvlari 90ta shaharda bo'lib o'tadi. Keyinchalik 90ta chempion sakkizta hududda super FINAL chiptasi uchun bahs olib boradi. Toshkentda bo'lib o'tayotgan final g'olibi Novosibirsk shahrida, "Germaniya – 2006" hududidan joy oladi. U erga 16ta shahar chempionlari tashrif buyuradilar! Bu shaharlar orasida Toshkent ham bor!

Novosibirsk shahrida bo'lib o'tadigan 2-bosqich finaliga chiqqan ikkita jamoa MOSKVA yo'llanmasini qo'lga kiritadi! Yosh futbolchilarimiz Moskvagacha borishadi degan umiddamiz!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика