"Lokobol" saralash bosqichi tugadi. "Bunyodkor"-2007 Rossiyaga boradi

Xayrulla Xoliqov
2 may 2018, 21:40
Besh kun davom etgan 2007-2008 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi "Lokobol" turniri bugun o'z nihoyasiga etdi.

Ma'lumki, ushbu musobaqa Toshkent shahar futbol federatsiyasi tashabbusi bilan poytaxtimizda ilk bor tashkil qilindi. 12ta jamoa ishtirok etgan mazkur turnir bolalarda iliq taassurot qoldirdi. Negaki barcha o'yinlar o'ziga yarasha qiziq kechdi. Ayniqsa, turnirning hal qiluvchi final uchrashuvi ancha qiziq o'tdi.

Ungacha esa 3-o'rin uchun bahs tashkil etildi va bunda "Nasaf" va "Lokomotiv" o'zaro bahs olib bordi. Bunda "Nasaf" tarbiyalanuvchilari 2:1 hisobida zafar quchishdi. Shundan keyin maydonga turnirning ikkita eng kuchli jamoasi "Bunyodkor" va "Paxtakor" futbolchilari tushishdi.

Shu o'rinda har ikkala jamoaning finalgacha bosib o'tgan yo'lini eslab o'tsak.

"BUNYODKOR"
1-tur. "Bunyodkor" - ROZSK 8:0
2-tur. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 15:1
3-tur. "Bunyodkor" - "Paxtakor"-2008 3:0

Yarim final
"Bunyodkor" - "Nasaf" 2:0

"PAXTAKOR"
1-tur. "Paxtakor" - "Chelano" 5:0
2-tur. "Paxtakor" - "Nasaf" 2:2
3-tur. "Paxtakor" - "Eden Sport" 5:1

Yarim final
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 6:2

Hal qiluvchi final o'yinida avvaliga "Bunyodkor" futbolchilari hisobni ochishdi. Keyinroq "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari hisobni tenglashtirishdi. O'yin oxirigacha shu 1:1 o'zgarmadi va yakunda barchasi penaltilar seriyasida hal bo'ldi. "Lotereyalar" bahsida omad "Bunyodkor"ga kulib boqdi va yosh "qaldirg'ochlar" 3:2 hisobida zafar quchishdi.


3-o'rin uchun bahs. 2 may
"Nasaf" - "Lokomotiv" 2:1 

FINAL. 2 may
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:1 (penaltilar bo'yicha 3:2)

Shunday qilib "Bunyodkor-2007" Toshkentda o'tkazilgan "Lokobol" turniri g'olibiga aylandi va Rossiyaning Novosibirsk shahrida bo'lib o'tadigan ikkinchi bosqich o'yinlariga yo'llanma sohibi bo'ldi. Turnir yakunida musobaqaning asosiy tashkilotchilari Rossiya bolalar futbolining Markaziy Osiyo bo'yicha yetakchi vakili Aydos Kashkeev hamda TFF vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev tomonidan g'olib va sovrindorlarga medallar hamda kubok topshirildi.


Shuningdek, chiziqlar bo'yicha eng yaxshilar aniqlandi:

Eng yaxshi darvozabon: Danelyan Karen ("Nasaf")
Eng yaxshi himoyachi: Davletov Didar ("Paxtakor")
Eng yaxshi yarim himoyachi: Turg'unbekov Aziz ("Bunyodkor")
Eng yaxshi hujumchi: Xudoyberganov Shohrux ("Lokomotiv")
Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi: Halimtoev Shohrux ("Bunyodkor")



O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: Тошкент шаҳар ФФ