Lokatelli "Yuventus"da o'ynashni istamoqda. Futbolchiga "Arsenal" va "Borussiya"dan ham qiziqish mavjud
01 iyu 2021 16:28
Yangiliklar
Lokatelli "Yuventus"da o'ynashni istamoqda. Futbolchiga "Arsenal" va "Borussiya"dan ham qiziqish mavjud
"Yuventus" klubi "Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli bilan shaxsiy shartnoma masalalari bo'yicha kelishuvga erishdi.
Turin klubi futbolchiga yillik maoshi 3 million evro bo'lgan 5 yillik shartnoma taklif qilgan. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, bu kelishuv Lokatellini qoniqtiradi.
Futbolchi uchun kurashda "Keksa sinora" etakchilikni saqlab turibdi. Ammo Londonning "Arsenal" hamda Dortmundning "Borussiya" jamoalari ham italiyalik havbek uchun 35 million evro to'lashga rozi.
O'tgan mavsumda Lokatelli 34 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol va 3 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Uning "Sassuolo" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil iyun oyigacha mo'ljallangan.
Fikrlar