Lokatelli "Yuventus" bilan shartnoma imzolash uchun Turinga keldi
18 avg 2021 15:18
Yangiliklar
Lokatelli "Yuventus" bilan shartnoma imzolash uchun Turinga keldi
"Sassuolo" va Italiya terma jamoasi xavbeki Manuel Lokatelli tibbiy ko'rikdan o'tish va "Yuventus" bilan shartnoma imzolash uchun Turinga keldi.
Bu haqda "keksa sinora" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oldinroq, Turin klubi Lokatelli bilan 5 yillik shartnoma imzolashi, transfer narxi esa 35 million evroni tashkil etishi malum bo'lgandi.
Yarim himoyachi "Sassuolo" tarkibida 2019 yilning yozidan beri o'ynaydi. 23 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar