Lokatelli "Yuventus" bilan shartnoma imzolash uchun Turinga keldi

Alisher
18 avg 2021, 15:18
"Sassuolo" va Italiya terma jamoasi xavbeki Manuel Lokatelli tibbiy ko'rikdan o'tish va "Yuventus" bilan shartnoma imzolash uchun Turinga keldi.

Bu haqda "keksa sinora" matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Oldinroq, Turin klubi Lokatelli bilan 5 yillik shartnoma imzolashi, transfer narxi esa 35 million evroni tashkil etishi ma'lum bo'lgandi.

Yarim himoyachi "Sassuolo" tarkibida 2019 yilning yozidan beri o'ynaydi. 23 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: juventus.com