Lokatelli uch haftaga safdan chiqdi
04 apr 2022 18:47
Yangiliklar


Lokatelli uch haftaga safdan chiqdi
"Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli oyog'idagi jarohati sabab uch haftaga safdan chiqdi.
"Oyog'idagi jarohat sabab o'yinni tark etdi. Bir qarashda, bu jiddiy emasdek ko'rindi. Ehtimol u 20 kunga safdan chiqdi", - deydi Allegri.
"Qattiq og'riqni his qilmayapman. Yaqin vaqtlarda vaziyatni baholash uchun bir nechta testlardan o'taman", - deydi Lokatelli.
Lokatelli "Inter"ga qarshi A Seriya doirasidagi o'yin paytida Lautaro Martines bilan to'qnashuv oqibatida jarohat oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar