Lobanov: "Ustunlik bizda edi, ammo kutilmaganda gol qo'yib yubordik"
19 mar 2015 11:51
Yangiliklar


Lobanov: "Ustunlik bizda edi, ammo kutilmaganda gol qo'yib yubordik"
"Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanov "Al-Ayn"ga qarshi Osiyo CHempionlar ligasi 3-tur uchrashuvi (0:1) haqida o'z fikrini bildirdi.
"Biroz omadimiz kelmadi. Ustunlik bizda edi, ammo kutilmaganda gol qo'yib yubordik. O'ylashicha, bugun hech bo'lmasa bitta golga munosib edik, durang bo'lganida o'yinga mos natija bo'lardi, lekin bugun ochko olish nasid qilmagan ekan.
Minimum maqsadimiz - guruh bosqichida yaxshi ishtirok etib, keyingi bosqichga chiqish. Biz faqat yuqori maqsadlarni ko'zlaymiz. Bu vazifani uddalash uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Javob uchrashuvi oson bo'lmasligi aniq va raqib maydonidan hech bo'lmasa bir ochko bilan qaytmoqchimiz" - deydi Lobanov.

Fikrlar