So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  0 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

LLF SUPER LIGA. Peshqadamlar g'alaba qozongan tur Yangiliklar

LLF SUPER LIGA. Peshqadamlar g'alaba qozongan tur

Havaskorlar o'rtasida bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha LLF SUPER LIGA musobaqasida 10-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Bu turda turnir jadvali yaqqol peshqadami UZPSB o'z raqibini 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. SHuningdek, chempionlik uchun harakat qilayotgan TTG, VOSTOK, PHOENIX jamoalari ham navbatdagi uch ochkoga ega bo'lishdi. Quyida 10-tur natijalarini keltirib o'tamiz.

 

10-turdan keyin turnir jadvali


Azamat Boymatov to'purarlar poygasida birinchi!

LLF SUPER LIGA 9-turdan so'ng to'purarlar ro'yxatida Azamat Boymatov bilan G'ayrat Ismoilov bir xil 17ta gol bilan qo'shhokimlikni saqlab turgandi. Lekin 10-turda Azamat bitta golga o'zib ketdi. O'tgan tur Azamat Boymatov 4ta, G'ayrat Ismoilov esa 3ta gol urdi. Natijada Boymatov 21ta gol bilan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 

10ta va undan ko'p gol urganlar ro'yxati:

21 - Boymatov Azamat VOSTOK

20 - Ismoilov G'ayrat UZPSB

15 - Rajabov Ilhom PHOENIX

13 - Isroilov Nodir DHL

12 - Auxatov Sanjar SUZANE, SHokirov Sirojiddin TTG, Mahamadov Kamoliddin UZPOST.

11 - Ikromov Kamoliddin ISTIQLOL, Murotov Diyor GOVRUK, Rasulov Jamshid TTG.

10 - Adilov Hojiakbar ISTIQLOL, Qudratov SHuhratilla ISTIQLOL, Tursunov Temurmalik GOVRUK.


SHuhrat Ahmedov - eng yaxshi assistent!

LLF SUPER LIGA eng yaxshi assistentlar ro'yxatida UZPSB etakchilaridan biri SHuhrat Ahmedov yaqqol peshqadamlik qilmoqda. U oxirgi o'yinda o'z hisobiga 4ta golli pas yozib qo'ydi va jami assistlari 15ta bo'ldi. 

Quyida eng yaxshi assistentlar ro'yxatini keltirib o'tamiz:

15 - SHuhrat Ahmedov UZPSB

10 - Diyor Murotov GOVRUK

9 - Azamat Boymatov VOSTOK, Soyibjon Safarov UZPSB, Ahmadjon Jalolov TTG. 

8 - Jamshid Isaev PHOENIX


10-tur ramziy jamoasi

Darvozabon: Xoldorov Dostonbek (VOSTOK)

Futzalchilar: SHokirov Sirojiddin (TTG), Boymatov Azamat (VOSTOK), Umurov Artur (GOVRUK), Rajabov Ilhom (PHOENIX).

Tur murabbiyi: Sunnat Kuralov (TTG)


Eslatib o'tamiz, LLF SUPER LIGAda 12ta jamoa ishtirok etmoqda va o'yinlar haftaning har yakshanba kuni o'tkazilyapti. Musobaqani o'tkazishdan maqsad - havaskor sportchilarga bo'lgan etiborni oshirish hamda aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика